Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidentlari roʻyxati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidenti (inglizcha: Vice President of the United States of Amerika) Amerika Qoʻshma Shtatlari federal hukumati ijroiya hokimiyatida Prezidentdan keyin ikkinchi eng muhim mansabdor shaxs deb qaraladi. Birinchi AQSh Vitse-prezidenti Jon Adams, hozirgi vitse-prezident Kamala Harris hisoblanadi. Tarix davomida bu lavozimni 49 kishi egallab kelgan[1].
Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti koʻp vakolatlarga ega emas, Vitse-prezidentning asosiy konstitutsiyaviy funksiyasi shundaki, u AQSh prezidenti vafot etgan, isteʼfoga chiqqan yoki lavozimidan chetlashtirilgan taqdirda uning oʻrnini egallaydi[2]. Sakkiz nafar Vitse-prezident oʻzlaridan oldingilarning vafoti va bir nafari isteʼfoga chiqishi tufayli yuqori lavozimni egallagan. Bundan tashqari, Vitse-prezident Senatning rasmiy rahbari hisoblanadi. Vitse-prezidentlikka nomzodlarga Qoʻshma Shtatlar prezidentligiga nomzodlar bilan bir xil talablar qoʻyiladi[3][4].