Andisha va gʻurur
From Wikipedia, the free encyclopedia
Andisha va gʻurur (inglizcha: Pride and Prejudice) — 1813-yilda yozilgan Jane Austen qalamiga mansub roman. Roman yuzaki yaxshilik va haqiqiy yaxshilik oʻrtasidagi farqni qadrlaydigan kitobning dinamik qahramoni Elizabeth Bennetning shoshilinch chiqarilgan qarorlarning oqibatlarini yoritib boradi.
Asl nomi | Pride and Prejudice |
---|---|
Muallif(lar) | Jane Austen |
Mamlakat | Angliya |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1811-yil |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016-yil (Yangi asr avlodi) |
Sahifalar soni | 404 |
ISBN | ISBN 978-9943-22-240-3 |
Xertfordshirdagi Longbourn mulkining egasi janob Bennetning beshta qizi bor, biroq uning mulki faqat erkak merosxoʻrga oʻtishi mumkin. Xotini ham merosga ega emas, shuning uchun uning oʻlimidan keyin oilasi juda kambagʻal boʻlib qoladi. Shunday qilib, qizlardan kamida bittasi boshqalarni qoʻllab-quvvatlash uchun yaxshi turmush qurishi shart va bu romanning asosiy syujeti. „Andisha va gʻurur“ adabiyotshunos olimlar va kitobxonlar orasida doimiy ravishda „eng sevimli kitoblar“ roʻyxatining yuqori qismidan joy egallab keladi. U 20 milliondan ortiq nusxada sotilgan boʻlib, ingliz adabiyotidagi eng mashhur romanlardan biriga aylandi va zamonaviy adabiyotda koʻplab yozuvchilarni ilhomlantirdi. Bir asrdan koʻproq vaqt davomida "Andisha va Gʻurur"ning dramatik moslashuvlari, qayta nashrlari, norasmiy davomi, filmlari va televizion versiyalari romanning unutilmas qahramonlari va mavzularini aks ettirib, ommaviy tomoshabinlarga yetib keldi.
Shuningdek, AQSH universitetlariga kirish uchun imtiyoz beruvchi SAT imtihoniga tayyorlanayotgan abituriyentlarga ushbu asarni oʻqish tavsiya etiladi. Chunki SAT imtihonida ingliz tilining tarixiy versiyasi boʻyicha test boʻlib oʻtadi va bu asar aynan shu versiyada yozilgan kitobdir.