Eng koʻp xalqaro gol urgan erkak futbolchilar roʻyxati (davlatlar kesimida)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ushbu maqolada har bir erkaklar milliy futbol jamoasi uchun eng yaxshi gol urgan futbolchilar roʻyxati keltirilgan. Bu roʻyxat barcha vaqtlardagi eng yaxshi xalqaro toʻpurarlar roʻyxati boʻlolmaydi, chunki bir nechta mamlakatlarda boshqa davlatning eng yaxshi toʻpuraridan koʻproq gol urgan ikki yoki undan ortiq oʻyinchi bor. Unda faqat „The top scorer for each country“ (Oʻz mamlakati boʻyicha eng yaxshi toʻpurarlar) roʻyxati keltirilgan.
FIFA faqat futbol boʻyicha Jahon chempionati doirasida oʻtkazilgan oʻyinlarni (shu jumladan, saralash musobaqalari), qitʼa musobaqalari, kattalar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyinlari va 1960-yilgacha boʻlgan olimpiyada finali va saralash oʻyinlarida kiritilgan gollarni (ayrim istisnolardan tashqari) xalqaro gol sifatida tan oladi.