Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) – BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish va inson rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydigan agentligidir. UNRWA vakolatlariga 1948-yilgi Falastin urushi va undan keyingi mojarolar natijasida koʻchirilgan falastinliklarni hamda ularning avlodlarini[2][3], shu jumladan qonuniy ravishda asrab olingan bolalarni ham oʻz ichiga oladi[4] 2019-yil holatiga koʻra, 5,6 milliondan ortiq falastinlik UNRWAda qochqin sifatida roʻyxatga olingan[5].
Qisqartma | UNRWA |
---|---|
Turi | Birlashgan Millatlar tashkiloti dasturi |
Maqsadi | Falastinlik qochqinlar uchun to'g'ridan-to'g'ri yordam va ish dasturlarini taqdim etish |
Ishga tushgan sanasi | 8-dekabr, 1949-yil (74 yil avval) (1949-12-08) |
Bosh komissari | Philippe Lazzarini |
Bosh komissar oʻrinbosari | Leni Stenseth |
Bosh mahkamasi | Amman, Iordaniya va Gʻazo, Falastin |
Budjet | 806 million $[1] |
Ishchilar soni | 30 000 |
Vebsayti | www.unrwa.org |
UNRWA refugee map.JPG |
UNRWA 1949-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yilgi mojaro natijasida barcha qochqinlarga yordam koʻrsatish uchun tashkil etilgan. Shuningdek, u 1948-yilgi mojarodan keyin Isroil davlati ichidagi yahudiy va arab falastinlik qochqinlarga Isroil hukumati 1952-yilda ular uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olguncha yordam berdi[6][7][8]. BMT Bosh Assambleyasining yordamchi organi sifatida UNRWA mandati har uch yilda bir marta yangilanib turadi.
Hozirgi kunda UNRWAda jami 30 000 dan ortiq odam ishlaydi. Xodimlar falastinlik qochqinlar hamda xorijiy odamlar hisoblanishadi[9].
UNRWA beshta hududda faoliyat yuritadi: Iordaniya, Livan, Suriya, Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohil, jumladan Sharqiy Quddus[10]. Falastinlik qochqinlarga ushbu besh hududdan tashqarida yordam Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligi (UNHCR) tomonidan koʻrsatiladi[11].
UNRWA BMTning maʼlum bir mintaqa yoki mojarodagi qochqinlarga yordam berishga bagʻishlangan yagona agentligidir[12]. U 1950-yilda butun dunyo boʻylab boshqa barcha qochqinlarga yordam berish uchun asosiy agentlik sifatida tashkil etilgan BMTning Qochqinlar Komissarligidan farq qiladi. UNRWAdan farqli oʻlaroq, UNHCR qochqinlarga qochqin maqomini yoʻq qilishda mahalliy integratsiya, uchinchi davlatga koʻchirish yoki iloji boʻlsa repatriatsiya qilish yoʻli bilan yordam berish uchun maxsus vakolatga ega[13].