Foydalanuvchi:Nafosatxon Otabekovna/Ginni Rometty
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ginni Rometty (1957-yil 29-iyul, AQSh) — Amerikalik ishbilarmon ayol[1][2], IBM korporatsiyasining toʻqqizinchi bosh direktori va kompaniyaning birinchi ayol direktori[3]. 2012-yil yanvar oyida Ginni Rometty IBMning prezidenti lavozimiga tayinlanadi. Rometty IBMning prezidenti boʻlishdan oldin IBMda savdo, marketing va strategiya boʻyicha ijrochi direktor, shuningdek, katta vitse-prezident[4][5][6], 1981-yilda IBMda kompaniyaning Detroitdagi ofisida tizim muhandisi lavozimlarida ishlagan[7]. Ginni Rometty ketma-ket oʻn yil davomida Fortune jurnalining „Biznesdagi eng kuchli 50 ayol“ roʻyxatida 2012, 2013 va 2014-yillari birinchi oʻrinni egalladi[8][9]. U shunga oʻxshash baʼzi jurnallarning roʻyxatiga kiritilgan[10][11][12]. Shunga qaramay, uning hayoti bir qator boshqa matbuot faoliyatlari tomonidan tanqid qilingan[13][14][15]. 2017-yilda Forbes jurnali Ginni Romettyni birinchi marta dunyodagi 100 ta eng kuchli ayollari roʻyxatida 10-oʻringa munosib deb topildi[16].