Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Hillary Clintonning prezidentlik kampaniyasi (2016)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hillary Clinton — amerikalik siyosatchi[1][2][3]. 2016-yilda AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod boʻlgan. Qoʻshma Shtatlari tarixidagi AQSh prezidentligiga nomzod boʻlgan birinchi ayol hisoblanadi. U 2016-yilgi umumiy saylovda respublikachi Donald Tramp tomonidan magʻlubiyatga uchragan[4][5].
Hillary ning prezidentlik kampaniyasi — 2015-yil 12-aprelda YouTube videosi bilan boshlangan[6]. Hillary AQShning 67-davlat kotibidir. U 2009-2013-yillarda Barak Obamaning prezidentligi davrida ishlagan[7] . 2001-yildan 2009-yilgacha 42-AQShning prezidenti Bill davrida AQSh senatori boʻlgan. Bu saylov kampaniyasi 2008-yilda Demokratik partiya aʼzosi Barak Obamaga yutqazgandan keyingi kampaniyasi boʻlgan[8].
ning 2016-yilgi Demokratik partiyasidagi asosiy raqibi Vermont senatori Berni Sanders edi. Hillary, asosan. oʻrta yoshli va yoshi kattaroq saylovchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan[9]. Shuningdek, mamlakat ayollarining yarmi uni qoʻllab-quvvatlagan. kampaniyasining asosiy quyidagi muammolarni koʻtarib chiqishgan: yuqori ish haqi, ayollar huquqlari, LGBT huquqlari va sogʻliqni saqlashni yaxshilash[10][11].
Associated Press agentligi ni 2016-yil 6-iyun kuni talab qilinadigan delegatlar uchun ovoz berish chegarasiga yetganidan soʻng demokrat nomzod deb eʼlon qildi[12]. 12-iyulda Sanders ni nomzodlik uchun maʼqulladi va shu tariqa oʻyindan chiqdi[13]. vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Tim Keynni tanladi[14]. 26-iyul kuni va Keyn Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida rasman koʻrsatildi[15].
respublikachi raqibi Donald Trampni qariyb 2,9 million ovozi bilan (65,84 millionga 62,98 million) ortda qoldirdi[16]. Biroq, saylovchilarning kamroq ovozini toʻpladi va natijada, prezidentlik saylovida magʻlub boʻldi[17].