Oʻrta Yer dengizi mintaqasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻrta Yer dengizi mintaqasi Turkiyaning yetti geografik mintaqasidan biridir. Onadoʻli janubida Oʻrta Yer dengizi sohillari boʻylab choʻzilgan. Kengligi 120-180 kilometrlar orasida farq qiladi. Gʻarbda va shimoli-gʻarbda Egey mintaqasi, shimolda Markaziy Anadolu mintaqasi, sharqda Janubi- Sharqiy Anadolu mintaqasi va janubda Oʻrta Yer dengizi mavjud. Janubi-sharqdan Suriya bilan chegaradosh. Turkiyaning boshqa mintaqalarida boʻlgani kabi, Oʻrta Yer dengizi mintaqasida ham mintaqa va maʼmuriy birlik boʻlgan viloyatlar chegaralari toʻliq mos kelmaydi.