Paul Giamatti
amerikalik aktyor / From Wikipedia, the free encyclopedia
Paul Edward Valentin Giamatti (6-iyun, 1967-yil tugʻilgan) - amerikalik aktyor. Uning mukofotlari Primetime Emmy va 3 ta Oltin globus mukofoti, shuningdek, 2 marotaba Akademiya mukofoti uchun va bir marta Britaniya Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan.
Paul Edward Valentin Giamatti | |
---|---|
Paul Giamatti 2024-yilda | |
Tavalludi | 6-iyun 1967 |
Fuqaroligi | AQSH |
Taʼlimi | Yale Universiteti |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 1989-yildan hozirgacha |
Dini | ateist |
Turmush oʻrtogʻi | Elizabeth Cohen (1997 - ajrashgan) |
Bolalari | 1 |
Otasi | Bartlett Giamatti |
Yale drama maktabida aktyorlik kursini tugatgach Giamatti bir qancha teatr spektakllarida rol ijro etadi. U Broadway teaatrida oʻzining debyutini Tom Stoppardning Arcadia asarininig 1995-yilgi sahnalashtiruvida Ezra Chater obrazini gavdalantirish bilan boshlaydi. Oʻsha yili u David Harening Racing Demon asarida ham rol ijro etadi. Keyinchalik u 1997-yilda Anton Chexovning Uch opa-singillar va 1999-yilda Eugene OʼNeillninig The Iceman Cometh asarlaridagi ijrosi bilan teatrga qaytadi.
Giamatti 1997-yilgi Private Parts filmida olomshul rol ijro etadi, bu keyinchalik uni Eng yaxshi doʻstimning toʻyi (1997), Oddiy askar Rayanni qutqarish (1998) va Oydagi odam (1999) kabi mashhur filmlarda ikkinchi darajali rollarni oʻynashiga yordam beradi. Shuningdek, u Amerikancha dabdaba (2003), Hamrohlar (2004), Gʻalaba, gʻalaba (2011) va Shaxsiy hayot (2018) kabi filmlardagi bosh rollar uchun maqtovlarga loyiq koʻrilgan. Paul Giamatti 2005-yilgi Cindrella Man filmi uchun Eng yaxshi ikkinchi darajali akyor uchuun Oskar mukofitini olgan boʻlsa, 2023-yilda suratga olingan The Holdovers filmidagi roli Eng yaxshi aktyor nominatsiyasiga qoʻyildi.