Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati (tojikcha: Вилояти Мухтори Кӯҳистони Бадахшон) — Tojikiston Respublikasi tarkibidagi muxtor viloyat. 1925-yil 2-yanvarda tashkil etilgan. Viloyat respublikaning sharqiy qismida joylashgan. Shimoldan Qirgʻiziston, sharqdan Xitoy, janub va gʻarbdan Afgʻoniston, shimoli-gʻarbdan respublikaga qarashli tumanlar va Xatlon viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 64,2 ming km2. Aholisi 220,600 kishi (2010). Viloyatda 7 tuman, 1 shahar (Xorugʻ), 43 qishloq bor. Markazi — Xorugʻ shahri.
Qisqa faktlar muxtor viloyat, Maʼmuriy markazi ...
muxtor viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Xorugʻ |
Asos solingan sanasi | 2-yanvar 1925-yil |
Rais | Qodir Qosimiy |
Rasmiy tili | tojikcha, pomircha |
Aholi (2013) |
▼210,200[1]. (3 % , (5-oʻrin) |
Zichligi | 3,3 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | pomirlar — 94,0 %, qirgʻizlar — 5,8 %[2] |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar |
Maydoni | 64 200 km² (44,9 %, 1-oʻrin) |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
7496 m |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Qisqacha | GB |
Kod ISO 3166-2 | TJ-BG |
Indeks FIPS | TI01 |
Telefon kodi | +992 3522 |
Pochta indeksi | 736000 |
Avtomobil raqami kodi | 04РТ |
Xaritada | |
Yopish