1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichi
From Wikipedia, the free encyclopedia
1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati ikkinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib Shvetsiyada boʻlib oʻtdi[1] va unda birinchi marta Yevropa davlati, Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻalaba qozondi. Natijada Norvegiya ayollar terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kubogini yutgan birinchi Yevropa davlati boʻldi[2][3][4]. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltita qitʼa konfederatsiyalaridan jami 12 nafar ayollar terma jamoasi ishtirok etdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 12 ta jamoa toʻrt kishilik uchta guruhga boʻlindi va har bir guruh davra boʻyicha turnir oʻtkazishgan. Guruh bosqichining oxirida har bir guruhdan eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoa va ikkita eng yaxshi natija koʻrsatgan uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar chorak finaldan boshlanib, 1995-yil 18-iyunda Råsunda stadionida boʻlib oʻtgan final bilan yakunlangan 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichiga yoʻl oldi[5].
Shvetsiya 1958-yilgi erkaklar FIFA Jahon chempionati va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan birinchi davlat Yevropa davlati boʻldi[6].
Avstraliya, Kanada va Angliya terma jamoalari 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, shuningdek, 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga saralash vazifasini ham oʻtab berdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining sakkizta chorak finalchi jamoasi Olimpiada oʻyinlariga taklif qilindi[7]. 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan farqli ravishda ayollar oʻrtasidagi ikkinchi Jahon chempionatida oʻyinlar standart 90 daqiqaga uzaytirildi va guruh bosqichidagi gʻalaba uchun uch ochko berildi[8].
1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqichi musobaqaning guruh bosqichidan keyingi ikkinchi va yakuniy bosqichi boʻldi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichi 13-iyunda chorak final bilan boshlandi va 1995-yil 18-iyunda Solna shahridagi Råsunda stadionida boʻlib oʻtgan final oʻyini bilan yakunlandi. Jami sakkizta jamoa (har bir guruhdan ikkita eng yaxshi natija koʻrsatgan jamoa va ikkita eng yaxshi natija koʻrsatgan uchinchi uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar) yakka tartibdagi turnirda ishtirok etish uchun pley-off bosqichiga yoʻl oldi[9].
Roʻyxatdagi barcha oʻyinlar mahalliy CEST (Markaziy Yevropa Yozgi vaqt mintaqasi) boʻyicha oʻtkazilgan (UTC+2).