FIFA Jahon chempionati 1998
From Wikipedia, the free encyclopedia
FIFA Jahon chempionati 1998 10 - iyundan 12 iyulgacha Fransiyada bo‘lib o‘tgan 16 - FIFA Jahon chempionati . Fransiya o‘z tarixida ikkinchi marta turnirga mezbonlik qildi (birinchi marta 1938 yilda), Marokashni mezbonlik qilish uchun kurashda g‘alabani qo‘lga kiritdi va turnir Yevropada o‘tkazilgan to‘qqizinchi Jahon chempionati deb hisoblandi.
Jahon chempionatiga saralash 1996 yilning martidan 1997 yilning noyabrigacha davom etgan. Ishtirokchilar soni 24 tadan 32 taga, guruhlar soni esa 8 taga ko‘paydi. Turnirda 10 ta shahardagi 10 ta stadionda 64 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ochilish va final Parijning Sen-Deni chekkasida, Jahon chempionati uchun maxsus qurilgan “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tdi. Fransiya terma jamoasi finalda braziliyaliklarni 3:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi. Fransiya jahon chempionatida g‘olib chiqqan yettinchi davlat bo‘ldi (Urugvay, Italiya, Germaniya, Braziliya, Angliya va Argentinadan keyin). Adidas Tricolore chempionatning rasmiy to‘pi bo‘ldi.
Turnirda to‘rtta jamoa ilk marotaba ishirok etdi: Xorvatiya, Yamayka, Yaponiya va Janubiy Afrika.1994 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan Avstriya, Angliya, Shotlandiya va Yugoslaviya terma jamoalari yana qayta maydonga tushishdi.