2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi
From Wikipedia, the free encyclopedia
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yettinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo davlatlar futbol assotsiatsiyalarining ayollar terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionatidir. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga birinchi marta Kanada davlati (bu uchinchi bor Shimoliy Amerika mintaqasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi edi) mezbonlik qildi. Turnir doirasidagi oʻyinlar Kanadaning oltita shahrida beshta vaqt mintaqasida oʻtkazildi. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2015-yil 6-iyunda boshlangan va 2015-yil 5-iyulda final oʻyinida AQSh terma jamoasining Yaponiya ayollar terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan yakunlangan[1].
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B guruhi Germaniya, Kot-d’Ivuar, Norvegiya va Tailand ayollar milliy terma jamoalaridan iborat edi. 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi oʻyinlari 2015-yilning 7-iyunidan 15-iyuniga qadar oʻtkazilgan[2].