2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi
From Wikipedia, the free encyclopedia
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati sakkizinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo futbol assotsiatsiyalar vakillari boʻlgan 24 nafar ayollar jamoasi ishtirokidagi har toʻrt-yilda bir oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionati boʻldi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2019-yilning 7-iyunidan 7-iyuliga qadar boʻlib oʻtdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy futbol jamoasi 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatidagi gʻalabadan soʻng amaldagi chempion sifatida ushbu yilgi turnirda ishtirok etdi va 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Niderlandiya ayollar milliy futbol jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinlari butun dunyo boʻylab translyatsiya qilingan va umumiy hisobda 1,12 milliard kishilik bevosita va onlayn tarzda oʻyinlarni tomosha qilgan auditoriyani oʻziga jalb qilgan.
2019-yil 8—17-iyun kunlari boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining „B“ guruhi[1] da Xitoy, Germaniya, Janubiy Afrika va Ispaniya ayollar milliy terma jamoalaridan bor edi[2]. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhida eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoa (Germaniya va Ispaniya) hamda uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrasidan eng yaxshi natija koʻrsatgan toʻrtda jamoa orasiga qoʻshila olsa, B guruhda uchinchi oʻrinni olgan jamoa ham (Xitoy) 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kubogi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega boʻlardi[3].