2022-yilgi FIA Formula 3 chempionati
From Wikipedia, the free encyclopedia
2022-yilgi FIA Formula 3 chempionati Formula 3 poygachilari uchun tashkil etilgan chempionat boʻlib, Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) tomonidan ruxsat etilgan holda oʻtkazildi. Chempionat Formula 3 poygasining oʻn uchinchi va FIA Formula 3 chempionati nomi ostida oʻtkazilgan toʻrtinchi mavsum boʻldi. Bu ochiq gʻildirakli poyga avtomobillari uchun boʻlib, FIA Global Pathway doirasida tashkil etilgan uchinchi mavsum boʻldi.
Trident jamoasi 2021-yilgi mavsumning soʻnggi turida chempionlikni qoʻlga kiritib, amaldagi jamoalar chempioni sifatida chempionatga qoʻshildi. Biroq 2022-yilda ularni Prema Racing magʻlub etdi. Prema Racing uchinchi bor ushbu unvonga ega chiqdi.
ART Gran-prixda ishtirok etgan Victor Martins poygachilar chempionligini qo‘lga kiritib, Zane Maloney (Trident) va Oliver Bearmanlarni (Prema) ortda qoldirdi. Mavsum yakunida umumiy 139 ball toʻplagan Victor Martins jamoasining uchinchi pogʻonadan joy egallashiga munosib hissa qoʻshdi.