Afgʻoniston davlat bayrogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Afgʻoniston bayrogʻi (Pashtuncha: د افغانستان بيرغ, Forscha: بيرق افغانستان) Vaqtinchalik Afgʻon Maʼmuriyati tomonidan 2001- yil 22-dekabrda qabul qilingan. Bu bayroq, 1930 va 1937-yillari Afgʻonistonda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat farqi shundaki, yangi bayroq markazidagi Gerb ustiga (oq va oltin rangda) Kalimaʼi Shahodat suʼrasi yozilgan. Bu bayroq yoʻl yoʻlli uch rangdan iborat, qora, qizil va yashil. Bu ranglar Afgʻonistonning keyingi 20 yil ichidagi koʻplab bayroqlarida namayon etgan. Oʻrtadagi nishon Afgʻoniston gerbi va unda Makka tomonga yuzlangan masjid mehrobi tasvirlangan.
| ||||
---|---|---|---|---|
Taʼsis qilingan |
1997-yil 27-oktabrda qabul qilingan 2001-yil 12-noyabrda bekor qilingan 2021-yil 15-avgustda qayta tiklangan | |||
Mutanosibligi | 2:3 | |||
Tuzilishi |
Oq fonda musulmonlik belgisi hisoblangan „kalimai shahodat“ yozilgan. | |||
XX asrda boshqa davlardan farqli oʻlaroq, Afgʻonistonda davlat bayrogʻi bir necha marotaba oʻzgargan. Hotakilar sulolasi 1709 yilda ilk bayroqqa asos solgandan beri to bugungi kungacha 20 marta bayroqlar oʻzgargan.