Dammom
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dammom (arabcha: ) — Saudiya Arabistonidagi shahar. Sharqiy viloyatning maʼmuriy markazi. Aholisi 600 ming kishidan ziyod. Fors qoʻltigʻidagi port. Mamlakatga keltiriladigan yukning 70%i shu port orqali oʻtadi. Arriyod — Dammom temir yoʻlning oxirgi stansiyasi. Kimyo, poʻlat eritish, oyna-shisha, qogʻoz, sement sanoati korxonalari, universitet bor. Baliq ovlanadi.
D.— Fors qoʻltigʻi gaz-neft havzasining gaz-neft koni (1938 yilda ochilgan) markazi.