Depeche Mode
From Wikipedia, the free encyclopedia
Depeche Mode (Depesh Mod, fr.dan tarjimasi «Moda Habarchisi») — 1980-yilda Bezildonda tashkil topgan britaniyalik «new wave» guruh. Bu guruh o'ziga hos elektronik va rock musiqasi stiliga ega. Depeche Mode muvaffaqiyatli va anchadan beri ijod qilib kelayotgan guruhlardan beri. Guruh hali ham albomlar chiqaradilar va guruhga 25-yil bo'lishiga qaramasdan hali ham ijodlari zamonaviy ruhga ega. 2006-yil 2 noyabrda Depeche Mode MTV Europe Music Awardsda "Eng Yahshi Guruh" tanlovida yutdi. 2006-yilgacha 73 million albomlari sotildi. Guruhning 44 ta singllari Britaniya hit-paradlariga kirdi.
Depeche Mode | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | Angliya |
Faoliyat yillari | 1980-bugun |
Janr |
New Wave Synthpop Post-Punk Alternative Dance |
Leybl |
Mute Sire Reprise |
Tarkib |
David Gahan Martin Gore |
Sobiq aʼzolar |
Vince Clarke (1980-1981) Andrew Fletcher (1980-2022) Alan Wilder (1982-1995) |
Vebsayt | depechemode.com |
Depeche Mode o'z ijodining ilk yillarida Germaniyalik elektronik musiqa qilgan Kraftwerk guruhidan o'rnak oladilar va bu ularning ijodida sezilardi. Keyinchalik esa boshqa guruhlar Depeche Modedan o'rnak olishni boshlaydilar. Guruh elektronik raqs musiqasiga katta tasir ko'rsatgan bo'lsada, guruh alternative musiqa bilan shug'ullangan guruhlarga kiritiladi.
Depeche Mode 1980-yilda kvartet bo'lib tashkil topgan. Guruh Tarkibiga David Gahan (vokal), Martin Gore (klavishlar, gitara, vokal), Andrew Fletcher (klavishlar) va Vince Clarke (klavishlar) kirgan. Vince Clarke 1981-yil guruhdan ketadi, uni o'rniga Alan Wilder (klavishlar, baraban) keladi. Alan Wilder guruhda 1982-yildan 1995-yilgacha ijod qiladi. Alan ketganidan keyin esa guruh hozirgi kungacha trio bo'lib ijodini davom ettirmoqda.