FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2019)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati sakkizinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo futbol assotsiatsiyalar vakillari boʻlgan 24 nafar ayollar jamoasi ishtirokidagi har toʻrt yilda bir oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionati boʻldi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2019-yilning 7-iyunidan 7-iyuliga qadar boʻlib oʻtdi.
Coupe du Monde Féminine de la FIFA | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Fransiya |
Sana | 2019-yil 7-iyundan 7-iyulga qadar |
Jamoalar | 24 (6 ta konfederatsiyadans) |
Bellashuv joylari | 9 (9 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | AQSh (4-marta- marta) |
2-oʻrin | Niderlandiya |
3-oʻrin | Shvetsiya |
4-oʻrin | Angliya |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 52 |
Gollar soni | 146 (har oʻyinda oʻrtacha 2.81 ta) |
Muxlislar soni | 1 131 312 (har oʻyinda oʻrtacha 21 756 ta) |
Toʻpurar(lar) |
Angliya Ellen White AQSh Alex Morgan AQSh Megan Rapinoe (har biri 6 tadan gol urgan) |
Eng yaxshi oʻyinchi | AQSh Megan Rapinoe |
Eng yaxshi yosh oʻyinchi | Germaniya Giulia Gwinn |
Eng yaxshi darvozabon | Niderlandiya Sari van Veenendaal |
← 2015 2023 → |
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati doirasida Fransiyaning toʻqqiz shahrida 52 ta oʻyin boʻlib oʻtdi[1]. Fransiya 2015-yilning mart oyidagi FIFA qaroriga asosan birinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻldi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati videoyordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalanilgan birinchi ayollar Jahon chempionati boʻldi. Ushbu yilgi Jahon chempionati Avstraliya va Yangi Zelandiyada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oldidan (2023-yilgi turnirda 32 ta jamoa ishtirok etishi moʻljallangan) 24 jamoa oʻrtasida tashkil etilgan ikkinchi Jahon chempionati edi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy futbol jamoasi 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatidagi gʻalabadan soʻng amaldagi chempion sifatida ushbu yilgi turnirda ishtirok etdi va 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Niderlandiya ayollar milliy futbol jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Shunday qilib, AQSh ayollar jamoasi oʻzlarining rekord darajadagi toʻrtinchi chempionligini qoʻlga kiritishdi va Germaniya ayollar milliy futbol jamoasidan keyin chempionlikni muvaffaqiyatli saqlab qolgan (yaʼni ketma-ket ikki marta chempion boʻlgan) ikkinchi davlatga aylanishdi. Germaniyadan farqli oʻlaroq, bu gʻalaba alohida ajralib turardi. Chunki Qoʻshma Shtatlar jamoasi 2015 va 2019-yilgi Jahon chempionatlarida bitta bosh murabbiy (Jill Ellis) qoʻl ostida gʻolib boʻlishdi. Bu natija (Jahon chempionatlarida ketma-ket bitta bosh murabbiy qoʻl ostida chempion boʻlish) Vittorio Pozzo qoʻl ostida 1934 va 1938-yillardagi FIFA erkaklar oʻrtasidagi Jahon chempionatlarida chempion boʻlgan Italiya erkaklar milliy jamoasidan keyingi 81 yil ichida birinchi marta sodir boʻlgan edi.
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinlari butun dunyo boʻylab translyatsiya qilingan va umumiy hisobda 1,12 milliard kishilik bevosita va onlayn tarzda oʻyinlarni tomosha qilgan auditoriyani oʻziga jalb qilgan.