Fors
From Wikipedia, the free encyclopedia
Fors — Eronning jan.dagi tarixiy viloyat. Qadimda Persida (yunoncha), Porso (qad. forscha; arabcha shakli — F.). 7-asrda F.ni arablar fathidan so'ng, uning bosh shahri Istaxrni vayron qilishgan. 7-asr oxirlarida F. — xorijiylar harakati tarqalgan hudud. F. Buvayhiylar, Solgʻuriylar, Muzaffariylar, Zendlar davlatining oʻzagini tashkil etgan. Bu davlatlarning markazi Sheroz shahri boʻlgan. Mil.avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar tomonidan asos solingan Fors podshohligi vujudga kelgan.