Foydalanuvchi:Diwikiped/Qoralama
From Wikipedia, the free encyclopedia
AQSh iqtisodiyoti — oʻta yuqori darajadagi rivojlangan aralash iqtisodiyot. Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyodagi eng katta nominal YaIMga hamda juda katta iqtisodiy boyliklarga egalik qilib keladi. AQSh hozirda dunyo mamlakatlarining xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha hisoblangan yalpi ichki mahsuloti boʻyicha Xitoydan keyingi ikkinchi oʻrinni egallab turibdi[27][28][29]. Mamlakat yaqin vaqtlarga qadar jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM (nominal) boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinni egallab turgan. 2022-yil holatiga koʻra esa aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni qayd etdi[30]. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng taraqqiy etgan texnologik va innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlardan biri sanaladi. Aqsh firmalari texnologik yutuqlarda, ayniqsa, sunʼiy intellekt, kompyuter, farmatsevtika, tibbiyot, aerokosmik va harbiy texnika sohasida yetakchi oʻrinlarni band etib turibdi[31]. AQSH dollari xalqaro savdoda eng keng qoʻllaniladigan yetakchi valyuta boʻlib, iqtisodiyoti, barqaror hukumati, armiyasi, neft-dollar tizimiga mos standart sifatida oʻrnini belgilab keladi, shuningdek, yevrodollar va AQShning ulkan tashqi bozori bilan bogʻliq boʻlgan dunyodagi eng yirik zaxira valyutasi sanaladi[32][33]. Baʼzi mamlakatlarda dollar rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan. Boshqa mamlakatlarda esa asosiy toʻlov valyutasi sifatida foydalanib kelinadi[34][35]. AQShning eng yirik savdo hamkorlari Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Meksika, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Tayvandir[36]. AQSh dunyodagi eng yirik import qiluvchi davlat boʻlishi bilan birgalikda eksport borasida ikkinchi oʻrinda turuvchi davlat hamdir[37]. AQSh bir qancha davlatlar, jumladan USMCA (United States-Mexico-Canada Agreement) mamlakatlari, Avstraliya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Isroil kabi davlatlar bilan shartnomalar asosida savdo munosabatlari oʻrnatgan. AQSh, shuningdek, muzokaralar olib borilayotgan bir qator boshqa davlatlar bilan ham erkin savdo aloqalariga ega[38].
Nyu York shahri - dunyoning yetakchi moliya markazi[1][2] | |
Valyutasi |
AQSh dollari (USD) AQSh dollari indeksi |
---|---|
Moliyaviy yil |
2022-yil 1-oktyabr — 2023-yil 30-sentyabr |
Savdo tashkilotlari |
JST, G-20, G7, OECD, USMCA, APEC va boshqalar |
Mamlakat guruhi |
|
Statistikalar | |
Aholi | 334,977,281 (2023-yil 6-iyun)[5] |
YaIM | |
YaIM darajasi | |
YaIM oʻsishi |
|
Jon boshiga YaIM |
|
Aholi jon boshiga YaIM darajasi |
|
Tarmoqlar boʻyicha YaIM |
|
Komponentlar boʻyicha YaIM |
|
Inflyatsiya (INI) |
|
Qashshoqlik chegarasidan past aholi |
|
Ishchi kuchi |
|
Ishchi kuchi kasb boʻyicha |
|
Ishsizlik | |
Oʻrtacha yalpi ish haqi |
$60,575 (2021), yillik[17] |
Median ish haqi |
$1,041 haftalik (Ch2, 2022)[18] |
$50,354 (2021), yillik[19] | |
Asosiy ishlab chiqarish |
|
Eksport | $3.009 trillion (2022)[20] |
Eksport tovarlari |
|
Asosiy eksport hamkorlari |
|
Import | $3.957 trillion (2022)[20] |
Import tovarlari |
|
Asosiy import hamkorlari |
|
Yalpi |
▲ $27 trillion (2023)[25] |
Davlat moliyasi | |
| |
Byudjet balansi |
−5.5% YaIM hisobida (2022)[26] |
Daromadlar |
$8.371 trillion[24] 33.4% YaIM hisobida (2022) |
Asosiy maʼlumotlar manbasi: Shtatlar Markaziy razvedka boshqarmasi Jahon faktlar kitobi Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan. |
Mamlakat iqtisodiyoti moʻl-koʻl tabiiy resurslar, rivojlangan infratuzilma va yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi[39]. 2019-yil holatiga koʻra, 44,98 trillion AQSh dollari bilan tabiiy resurslarning umumiy hisoblangan qiymati boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda ekanligi aytilgan, ammo manbalarda bu hisob-kitoblarni ifodalovchi raqamlar farqli keltirilgan[40]. Amerikaliklar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlar orasida uy-xoʻjalik buyumlarining moʻlligi va ishchi-xodimlari yuqori daromadiga egaligi bilan ajralib turadi[41]. 2013-yilda amerikalik ishchi-xodimlar oʻrtacha daromadi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinni egallagan. Bu amerikalik fuqarolarning daromadi boʻyicha 2010-yildagi toʻrtinchi oʻrindan biroz pastga tushib qolganining isbotidir[42][43].
1890-yilga kelib, Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyoti Britaniya imperiyasini ortda qoldirib, dunyodagi yetakchi iqtisodiyotga aylandi[44]. Bu ayni paytda dunyodagi eng yirik neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi davlat maqomining AQShga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan[45]. 2016-yili AQSh dunyodagi eng yirik savdo mamlakati hamda jahon ishlab chiqarish sanoatining beshdan bir qismini oʻzida toʻplagan eng yirik iqtisodli davlatga aylandi[46][47]. AQSh nafaqat tovarlarning eng katta ichki bozoriga ega, balki xizmatlar savdosiga ham hukmronlik qilib kelmoqda. AQSh savdosining umumiy hajmi 2018-yilda 4,2 trillion dollarni tashkil etgan[48]. Dunyodagi 500 ta eng yirik kompaniyalardan 121 tasining shtab-kvartirasi AQShda joylashgan[49]. AQSh milliarderlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi, ularning umumiy boyligi 3,0 trillion dollarni tashkil qiladi[50][51]. AQSh tijorat banklarida 2020-yil holatiga koʻra 20 trillion dollar aktivlar mavjud[52]. AQShning global aktivlari qiymati 30 trillion dollardan koʻproqni tashkil etadi[53][54].
Nyu York fond birjasi va Nasdaq bozor kapitallashuvi hamda savdo hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik fond birjalari hisoblanadi[55][56]. AQShga kiritilgan xorijiy investitsiyalar deyarli 4,0 trillion dollarni tashkil etadi[57], AQShning esa xorijiy mamlakatlarga kiritgan sarmoyasi 5,6 trillion dollardan koʻproq[58]. AQSh iqtisodiyoti venchur kapitali va global tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro reytingda birinchi oʻrinni egallab turibdi[59][60]. 2018-yilda isteʼmol xarajatlari AQSH iqtisodiyotining 68% ini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yilda uning mehnat daromadi bilan qondirilgan ulushi 43% ni tashkil etgan[61][62]. AQSh dunyodagi eng katta isteʼmol bozoriga ega mamlakatdir[63]. Mamlakatning mehnat bozori butun dunyodan immigrantlarni oʻzigaa jalb qilib keladi va migratsiya darajasi boʻyicha dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan birini qayd etib turibdi[64]. AQSh biznes yuritish qulayligi indeksi, global raqobatbardoshlik indeksi va boshqa shu kabi tadqiqotlar boʻyicha eng yaxshi natijalar koʻrsatgan davlatlardan biri sanaladi[65].
AQSh iqtisodiyoti 2007-yil dekabridan 2009-yil iyuniga qadar davom etgan Buyuk iqtisodiy turgʻunlik davrida jiddiy iqtisodiy inqirozni boshidan kechirgan. YaIM inqirozdan oldingi (2007-yil oxiri) darajaga 2011-yilda[66], ishchi-xodimlarning sof daromadi 2012-yil 2-choragida[67], qishloq xoʻjaligidan tashqari ish haqi 2014-yil may oyida[68], ishsizlik darajasi 2015-yil sentyabr oyida avvalgi holatiga solishtirilgandagi stabillikka erishgan[69]. Ushbu sohalarda qayd etilgan umumiy oʻsish keyinchalik ham rekord darajada davom etgan[70]. 2017-yilda AQSh 156 ta davlat orasida daromadlar tengsizligi bo‘yicha 41-o‘rinni egalladi, bu G‘arb olamida eng yuqori ko‘rsatkichdir[71][72].