Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ozarbayjon oshxonasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ozarbayjon oshxonasi — dunyoning qadimiy, boy va lazzatli oshxonalaridan biri. Ozarbayjon milliy oshxonasi faqatgina taomlar, ularning tayyorlanish texnologiyalari usullari emas, balki moddiy madaniyatning asosiy qismidan biri hisoblanadi. Ozarbayjon milliy oshxonasi oshxona madaniyatini, uning tarixi, falsafasi, dasturxon psixologiyasini, odatlarni, fiziologiya, gigiena, kimyo, jihozlash, etika, estetika, poeziyani va oshxonaning boshqa aspektlarini, shuningdek, Ozarbayjon xalqining tarixan atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashagan hududlarda yaratgan amaliy kashfiyotlarni o‘zida birlashtiradi.[1]