Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Xodjali genotsidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xodjali genotsidi — 1992 yilda 25 fevraldan 26 fevralga oʻtar kechasi Armaniston qurolli kuchlari sobiq SSSR ning 366 motooʻqchi polki ishtirokida Xodjali shahrida etnik ozarbayjonlarga qarshi genotsid uyushtirildi. Armaniston otraydlari tomonidan Xodjali bosib olinganidan soʻng, u yerda qolgan tinch aholi deportatsiya qilindi. Bu ishlar tashkillashtirilgan koʻrinishda amalga oshirilgan.[1] Deportatsiya qilingan tinch aholi mulki Xonkandi saqlab qoʻyilgan. Bu NKR boshqaruvi tomonidan kerakli qaror mavjudligini yaqqol isbotlaydi. Xodjali tinch aholisi shu jumladan ayollar va bolalarni asirga olinishi va ushlab qolinishi Xodjalining butun tinch aholisini beminnat Ozarbayjonga qaytarishga tayyorligi haqidagi NKR noshqaruvining Deklaratsiyasiga zid kelardi. Asirlar oʻta qoniqarsiz sharoitlarda saqlangan, Xodjali tinch aholisiga qarshi zoʻravonlik harakatlari amalga oshirilgan.[1]
Progint/sandbox/Xodjali genotsidi | |||
---|---|---|---|
|
Xodjali aholisi qonunga xilof ravishda oʻz mulkidan mahrum qilingan, tinch aholi koʻchmas mulki Xonkandi va uning atrofida yashaydigan shaxslar tomonidan egallab olingan.[1] NKR rahbariyati Xodjalidan ketgan yoki deportatsiya qilingan aholi mulkini egallab olinishini qonuniylashtirdi, shaxsiy uylarga egalik qilish uchun orderlar berilishi tashkil etildi. Xodjaliga bostirib kelishda sobiq SSSRning 366 motooʻqchi polki ishtirok etgan.[1] „Memorial“ huquqlarni himoya qilish tashkiloti hulosasiga koʻra, harbiy motooʻqchi polkining harbiy operatsiyalarda hamda janglarda ishtirok etganligi, shuningdek, nizolashgan tomonlarning harbiy mulkini boshqa tomonga berilishi oʻrganib chiqilishi kerak.[1]
Xodjali genotsidi natijasida 613 tinch aholi yoʻq qilindi, ulardan 63 ta bolalar, 106 ayollar va 70 qariyalar edi, 8 oila toʻliq yakson qilindi, 25 bolalar ota va onasidan mahrum boʻldi, 130 bola esa ota yoki onasidan ayrildi.[2] Dushman oʻqidan 487 odam yaralandi, ulardan 76 bolalar edi, 1275 kishi asrga olindi. Asrga oilnganlardan 150 kishi shu jumladan 68 ayol va 26 bolalar taqdiri hozirgacha nomaʼlum.[3]
Xodjali genotsidini Ozarbayjonda asosan Ozarbayjon Milliy qahramoni Chingiz Mustafayev yoritilgan. Harbiy jurnalistning qisqa xizmat davrida Xodjalida sodir etilgan oʻgʻrilik va vahshiliyklarni tasmaga tushirdi. Xodjali himoyasi davrida Ozarbayjonning yetti milliy qahramoni ishtirok etgan.[4] Jangda Prezident tomonidan „Mardlik uchun“ medalini oʻlimidan soʻng berilgan Shoxrat Xasanov vafot etdi.[4] Ozarbayjon milliy qahramoni Allaxverdi Bagirov arman polkovniki Vitaliy Balasanyan yordami bilan uch kun ichida 1003 Xodjali asrlarini ozod qildi.
Bugungi kunda Xodjali genotsidini tan olsih — Ozarbayjon tashqi siyosatini asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Bugungi kunda Xodjali genotsidini Ozarbayjondan tashqari Pokiston hamda Sudan tan olgan. Parlament darajasida fojeani Meksika, Kolumbiya, Chexiya, Bosniya va Gertsigoviniya, Djibuti, Peru, Gonduras, Panama, Iordaniya, Ruminiya va Shotlandiya tan olgan.[5] AQSHning 22 shtati Xodjali genotsidini tan olish haqidagi hujjatni qabul qilgan.
Ozarbayjonda bu fojea „Xodjali genotsidi“, boshqa mamlakatlarda esa „Xodjali qirgʻini“ deb ataladi. Dunyoning 6 mamlakatida Xodjali genotsidiga bagʻishlangan 9 yodgorlik qurilgan.