Gʻarbiy Afrika
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻarbiy Afrika — Afrika qitʼasining gʻarbiy qismi, markaziy Sahroi Kabirning janubida va Atlantika okeanıning janubiy-gʻarb qirgʻoqlarida joylashgan.Hududi tropik cho'llar, savanna, hamda nam ekvatorial mintaqaga to'g'ri keladi. Ushbu subregionda Afrikaning aholi soni jihatidan yetakchi davlati-Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan mintaqa hisoblanadi. Subregionning zamonaviy qiyofasini, birinchi navbatda, bu yerda qadimdan rivojlanib kelgan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashuv belgilaydi. Plantatsiya xo'jaligining rivojlanishi bo'yicha katta tajribaga ixtisoslashgan. Qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan monokultura ekinlarining (yeryong'oq, turli mevalar, tabiiy kauchuk, kakao, kofe) asosiy qismi eksportga yo'naltiriladi. Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sanoat tarmog'i hisoblanadi.Asosan, temir va uran rudalari, boksit, qalay, neft, olmos, oltin qazib olinadi. Nigeriya G'arbiy Afrikaning iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo'la oladi. G'arbiy Afrika tarixi va Gao kabi kuchli mintaqaviy imperiyalarga boy bo'lib, ular ham qirg'oq bo'ylab, ham ichki savdo tarmoqlarida hukmronlik qilgan. Bu imperiyalar arablar hukmron bo'lgan Shimoliy Afrika va materikning oltin, temir va fil suyagi kabi maxsus tovarlarga boy bo'lgan janubiy qismlari o'rtasidagi savdo yo'llari chorrahasida joylashgan edi.Mustaqillikka erishgandan so'ng, Kot-d'Ivuar, Gana, Nigeriya va Senegal kabi davlatlar mintaqaviy va global iqtisodiyotning muhim o'yinchilariga aylandi. Qiyinchiliklarga qaramay, bu davlatlar turli sohalarda, jumladan texnologiya, ta'lim va infratuzilmada muvaffaqiyatlarga erishdi. G'arbiy Afrika subregioni 16 ta mamlakatni o'z ichiga oladi.