Gastrit
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gastrit (lotincha: gastritis, qadimgi yunoncha: γαστήρ gaster „oshqozon“ + -itis „yalligʻlanish“) — oshqozon shilliq qavatidagi paydo boʻladigan yalligʻlanish yoki distrofik oʻzgarishlar. Kasallik ushbu aʼzo vazifalarining buzilishiga olib keladi, shuningdek epiteliya hujayralarining atrofiyasi rivojlanib ularni oʻrniga biriktiruvchi toq’imalar rivojlanadi.
Kasallikning rivojlanishi oshqozonning asosiy funksiyalariga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Birinchi navbatda sekretor funksiyasining buzilishiga olib keladi. Statistiklarning fikriga koʻra butun dunyo aholisining yarmida gastrit kuzatiladi. 2013-yilda 90 millionga yaqin yangi holatlar qayd etilgan. Kasallikga chalinish ehtimoli yosh oʻtgan sari yuqorilab boradi.
Gastrit ham boshqa kasalliklar kabi, oʻtkir va surunkali shakllari farq qiladi.
Gastrit morfologik tashxis boʻlib, klinik ekvivalentga ega boʻlmasligi va asemptomatik boʻlishi ham mumkin. Klinik tashxis, bemor tomonidan qilingan shikoyatlar, funksional dispepsiya tashxisiga mos keladi. Bemorda epigastral ogʻriq sindromi yoki postprandial distress sindromi kuzatilsa tashxis aniq qoʻyilgan boʻladi.
Biopsiyaning morfologik tekshiruv natijalarini koʻrmasdan surunkali gastrit tashxisini qoʻyish mumkin emas, chunki surunkali gastrit potentsial saraton kasalligi boʻlib, bunday bemorlar guruhi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.