Xevi-metal
From Wikipedia, the free encyclopedia
Heavy metal (baʼzida shunchaki metal) 1960-yillar oxiri va 1970-yillar boshlarida paydo boʻlgan rok-musiqaning bir janridir. Ildizlari blues-rock va psixedelik rockga borib taqaladi. Qalin, ogʻir tovushli gitara va dovullar qoʻllanishi, tezlashgan distortion va gitara sololari bilan xarakterlanadi.
Heavy metal | |
---|---|
Uslubiy ildizlari: | Psixedelik rock Blues-rock Hard rock |
Madaniy ildizlari: | 1960-yillar oxiri, Birlashgan Qirollik va AQSh |
Xos cholgʻu asboblari: | Gitara - Bas gitara - Barabanlar - Klavishlar (baʼzan) |
Mashhurligi: | Butunjahon, ayniqsa1980-larda. |
Ostjanrlari | |
Avant-garde metal - Black metal - Classic metal - Death metal - Doom metal - Folk metal - Glam metal - Gothic metal - Groove metal - NWOBHM - Post-metal - Power metal - Progressive metal - Speed metal - Symphonic metal - Thrash metal - Viking metal | |
Fusion janrlar | |
Alternative metal - Christian metal - Crossover thrash - Funk metal - Grindcore - Industrial metal - Metalcore - Nu metal - Rapcore- Granj | |
Mintaqaviy sahnalar | |
Gothenburg - Bay Area | |
Aloqador mavzular | |
Fashion - History - Bands - Umlaut - Blast beat |
Heavy metal dunyo boʻylab „metalheadlar“ yoki „headbangerlar“ degan muxlislariga ega. Led Zeppelin va Black Sabbath kabi ilk heavy metal guruhlari keng ommani jalb etgan boʻlsa-da, oʻz davrlarida tanqidga uchragan edilar. 1970-yillar oʻrtalarida Judas Priest guruhi janrni blues taʼsiridan chiqarib, oyoqqa turgʻizdi; Britan Heavy Metal Yangi Toʻlqini boshlandi, bunda u punk rock kabi tez ohanglarni ishlatishga oʻtdi.
Heavy metal 1980-yillarga kelib mashhur boʻlib, ostjanrlari koʻpayib ketdi. Ekstremal metal janrlari underground klublarda qoʻyilardi; glam metal va thrash metal kabi boshqa janrlari esa pop-madaniyat qismiga aylana bordi. Soʻnggi yillarda bu ostjanrlar orasiga new metal, alternative metal kabilar ham qoʻshildi.