Ivan Strinić
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ivan Strinić (talaffuzi: Ivan Strinich; 1987-yil 17-iyulda Splitda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi. Xorvatiya terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati, 2012-yil va 2016-yilgi Yevropa chempionatlari ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ivan Strinić[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-iyul 1987-yil (1987-07-17) (36 yosh)[1] | ||
Tavallud joyi | Split, Xorvatiya, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.86 m[1] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Hajduk Split |
Strinić 2011-yilning 27-yanvarida „Dnepr“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, transfer summasi 4 million yevroni tashkil qilgan[3]. Ivan „Dnepr“ futbol klubidagi debyutini 2011-yilning 6-martida Ukraina chempionati doirasidagi „ Tavriya“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[4]. Va bu oʻyinda u ham 30 metrlik zarba bilan klubdagi birinchi golini urdi. 20-mart kuni Kiyevning „Dinamo“ jamoasi bilan prinsipial bahsda u oʻyindagi yagona golni kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi[5].
2018-yil 27-may kuni Ivan Italiyaning „Milan“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[6]. 2018-yilning 18-avgustida u yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi[7]. Italiyadagi barcha professional futbolchilar uchun har olti oyda bir marta oʻtkaziladigan tibbiy koʻrikda shifokorlar xorvatga yurak mushaklarining dastlabki gipertrofiyasi tashxisini qoʻyishdi. 2019-yilning 26-avgustida „Milan“ futbol klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qildi[8].