Jazoir bayrogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jazoir davlat bayrogʻi (arabcha: ) bir xil kenglikdagi yashil va oq rangli ikkita vertikal chiziqdan iborat. Ikkalasining qoq markazida qizil yulduz va yarim oy bor. Bayroq 1962-yil 3-iyulda qabul qilingan. U Jazoir milliy ozodlik fronti bayrogʻiga oʻxshaydi va baʼzi manbalarga koʻra, 19-asrda Abdel Qodir tomonidan qoʻllanilgan. Oq rang poklik ramzi, yashil rang islom dinining rangidir. Yarim oy ham islom ramzidir. Bundan tashqari, ranglar ham ramziy maʼnoga ega: qizil — erkinlik, yashil — gʻalabaga ishonch, oq — kurashda halok boʻlgan qahramonlar uchun motam ramzi hisoblanadi[1].
Qisqa faktlar Mamlakat, Mutanosibligi ...
Jazoir Demokratik Xalq Respublikasi bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Jazoir |
Mutanosibligi | 2:3 |
Qabul qilindi | 3-iyul, 1962-yil (61 yil avval) (1962-07-03) |
Bayroq mualliflari | Emili Buskantdir |
Yopish