Jethro Tull
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jethro Tull (talaffuzi: Jetro Tal; 30-mart 1674-yilda choʻqintirilgan – 21-fevral 1741-yilda vafot etgan) – XVIII asrdagi Britaniya dehqonlar inqilobi yuzaga kelishiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan ingliz agronomi. 1701-yilda qoʻshilgan otlar koʻmagida mukammallashtirilgan seyalkani ixtiro qilgan, keyinchalik esa mashinaga omoch dastgohini ham ulagan. Tull usullari koʻplab yer egalari tomonidan qabul qilingan va zamonaviy qishloq xoʻjaligining asosini yaratishga yordam bergan.