Koʻkrak bezi saratoni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Koʻkrak saratoni - bu sut bezlari toʻqimalarida vujudga keladigan oʻsimta[1]. Kasallik belgilari: sut bezlari hajmi, shakli yoki tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar, terining oʻzgarishi[2]. Koʻkrak atrofidagi toʻqimalardan farq qiladigan zich hosila paydo boʻlishi, koʻkrak yoki uning bir qismining qizarishi, yoxud koʻkrakdan keladigan suyuqlikning oʻzgarishi. Kasallik ildiz otib,chuqurlashganda esa, suyak ogʻrigʻi shishgan limfa tugunlari, nafas qisilishi yoki sargʻish teri (koʻkrak yoki butun tananing sargʻayishi) belgilari kuzatilishi mumkin[3].
Ko'krak bezi saratoni | |
---|---|
Mutaxassislik | Onkologiya |
Tashxis usullari | Mammogramma |
Koʻkrak bezi saratoni rivojlanishi uchun xavf omillari orasida semizlik, jismoniy faollikning yetishmasligi, alkogolizm, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi, ionlashtiruvchi nurlanish, birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi, yo kechikishi, yo umuman boʻlmasligi, naslida shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning boʻlishi[2][4], taxminan 5-10% hollarda odamning ota-onasidan meros boʻlib oʻtgan genetik moyillik natijasidir[2], jumladan, BRCA1 va BRCA2 genlarida mutatsiyalar mavjudligi bu kasallikning xavf omili hisoblanadi[2]. Koʻkrak saratoni koʻpincha sut yoʻllarining shilliq qavati hujayralarida va bu kanallarni sut bilan taʻminlaydigan lobullarda boshlanadi[2]. Kanallarda rivojlanayotgan saratonlar duktal karsinomalar, lobullarda rivojlanayotganlar esa lobulyar karsinomalar deb nomlanadi[2]. Shuningdek, koʻkrak bezi saratonining yana 18 dan ortiq boshqa kichik turlari mavjud[4]. Masalan, in situ duktal karsinoma, preinvaziv lezyonlarda rivojlanadi[4]. Koʻkrak bezi saratoni tashxisi tegishli toʻqimalardan biopsiya olish bilan tasdiqlanadi[2]. Tashxis qoʻyilgach, saraton koʻkrakdan tashqariga tarqaldimi yoki yoʻqligini aniqlash uchun qoʻshimcha testlar oʻtkaziladi va qaysi davolash usullari samaraliroq boʻlishi aniqlanadi[2].
Tamoksifen yoki raloksifen preparatlari kasallik rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlarda koʻkrak bezi saratonining oldini olish uchun ishlatilishi mumkin[4]. Ikkala koʻkrakni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash baʻzi yuqori xavfli holatlarda ayollarda yana bir profilaktika chorasidir[4]. Saraton kasalligi tashxisi qoʻyilgan bemorlarda jarrohlik, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya, gormonal terapiya va maqsadli terapiya kabi bir qator davolash usullari qoʻllanilishi mumkin[2]. Jarrohlik turlari koʻkrakni saqlash operatsiyasi, vamastektomiyani oʻz ichiga oladi[5][6]. Koʻkrakni qayta tiklash operatsiya vaqtida yoki keyinroq ham amalga oshirilishi mumkin.[6] Saraton tananing boshqa qismlariga tarqalib ketgan odamlarda davolanish asosan bemor hayotini yaxshilashga va kasallikni yengillashtirishga qaratilgan boʻladi. Chunki kasallik ildiz otgan tanada sogʻayish darajasi past boʻladi[6].
Koʻkrak bezi saratoni kasallikning darajasiga va odamning yoshiga qarab farq qiladi[6]. Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarda besh yillik omon qolish(kasallik aniqlangandan soʻng besh yil yashash) darajasi 80 dan 90% gacha koʻtarildi[7][8][9]. Rivojlanayotgan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasi esa juda past[4]. Koʻkrak bezi saratoni ayollarda saratonning yetakchi turi hisoblanib, dunyo boʻylab kasallangan ayollarning 25% ni aynan koʻkrak bezi saratoni bilan oʻgrigan ayollar tashkil qiladi[10]. 2018-yilda bu kasallik 2 million ayolda aniqlangan va 627 000 oʻlimga sabab boʻlgan[11].