Nikkō
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nikkō (yaponcha: 日光市 Nikkō-shi?) Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 2-dekabr holatiga koʻra, shaharda 36.531 xonadonda hisoblangan 80.239 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa 1 km2 ga 55 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 1,449,83 kvadrat kilometr (559,78 mi²) ga teng. Bu yaponiyaliklar va xalqaro sayyohlar orasida mashhur joy hisoblanadi. Diqqatga sazovor joylarga Tokugava syogunati (Nikkō Tōshō-gū) va uning nabirasi Iemitsu (Iemitsu-byō Taiyū-in) maqbarasi va eramizning 767-yiliga toʻgʻri keladigan Futarasan ziyoratgohi kiradi. Shuningdek, hududda koʻplab mashhur issiq buloqlar (onsen) mavjud. Shahar hududidagi tekisliklarning balandligi 200 dan 2000 metrgacha yetadi[2]. Yaponlarning【日光を見ずして結構と言うなかれ】"Nikkoni koʻrmaguningizcha, hech qachon „kekko“ demang" -degan soʻzlari „Men goʻzallikdan mamnunman“ degan maʼnoni anglatadi[3][4].
Nikkō 日光市 | |
---|---|
Shahar | |
36°43′11.4″N 139°41′53.4″E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Mintaqa | Kanto viloyati |
Asos solingan | milodiy 766-yil |
Maydon | 1,449.83 km2 (559.78 mi²) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2021-yil 1-oktyabr) |
76 452 |
Zichligi | 53 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0288-22-1111 |