Oʻlish vaqti emas
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻlish vaqti emas (inglizcha: No Time to Die; asl tarjimasi — Oʻlishga vaqti yoʻq) 2021-yilda katta ekranlarga chiqarilgan, Cary Joji Fukunaga tomonidan suratga olingan hamda Universal Pictures tomonidan tarqatilgan josuslar haqidagi AQSh filmidir. Bu film James Bond haqidagi filmlarning yigirma beshinchisi sanaladi. Filmda bosh rollarni Daniel Craig (James Bond sifatida), Rami Malek, Léa Seydoux, Lashana Lynch, Ben Whishaw, Naomie Harris, Jeffrey Wright, Christoph Waltz va Ralph Fiennes kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Oʻlish vaqti emas | |
---|---|
No Time to Die | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Cary Joji Fukunaga |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Hikoya |
|
Qaysi asarga asoslangan |
James Bond –Ian Fleming |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Hans Zimmer |
Kinematografiya | Linus Sandgren |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) |
|
Distribyutor |
|
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 163 daqiqa[1] |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $250-301 million[2][3] |
Daromadi | $774,2 million[4][5] |
Oʻlish vaqti emas filmi umumjahon premyerasi 28-sentabr 2021-yilda Londonda boʻldi. Birlashgan Qirollik va AQShda mos ravishda 2021-yilning 30-sentabri va 8-oktabridan kinoteatrlarda namoyish etildi. Film umumjahon boʻylab $774 milliondan ortiq daromad topib, buning ortidan 2021-yilning toʻrtinchi eng kassabop filmi boʻldi.