Portal:Toshkent
From Wikipedia, the free encyclopedia
Portalni saqlash holati:: (April 2019)
|
Toshkent portali
Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 ni tashkil etadi. 2023-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 995 000 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi. 2018-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda.
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. XVIII–XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan. (Full article...)
Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.931 million kishidan ziyod (2022). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri. (Full article...)
Tanlangan maqolalar
- Image 1
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. (Full article...) - Image 2
Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat aksiyadorlik jamiyati (DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI, V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi – aviatsiya sanoatining samolyotsozlik sohasidagi yirik korxonasi. 1972-yilda tashkil etilgan. Toshkent aviatsiya zavodi (bosh korxona), Andijon mexanika zavodi, Fargʻona mexanika zavodi va Toshkent kislorod zavodini oʻz ichiga oladi. Birlashmada samolyot yigʻiladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. (Full article...) - Image 3
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti qoshidagi Akademik litsey (ALWIUT) Oʻzbekiston Respublikasidagi kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻlib, oʻz faoliyatini Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan yaqin hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim standartlari talablariga muvofiq olib boradi.
Litsey ingliz tili, matematika, informatika kabi fanlardan kengaytirilgan taʼlim beradi. Ikkinchi kurs talabalari litseydagi o‘qishlarini Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan tasdiqlangan ''Xalqaro Foundation Studies'' sertifikati kurs bilan birlashtirish imkoniyatiga ega. Kursni muvaffaqiyatli tugatganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri u yerda taklif qilingan bakalavr dasturlaridan biriga yozilishlari mumkin. (Full article...) - Image 4
Bunyodkor PFK (Bunyodkor Professional futbol klubi; 2005-2008 yillarda — Quruvchi PFK nomi bilan faoliyat yuritgan) — Toshkent shahri jamoasi. Oʻzbekiston Oliy Ligasi vakili. Bunyodkor PFK 2008-yili Oliy Ligada birinchi oʻrinni egallagan. 2008-yilning 4-avgustidan klub nomi oʻzgartirildi. „Quruvchi“ bundan buyon endi „Bunyodkor“ deb yuritiladi. (Full article...) - Image 5
Humo Arena — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi yirik ko‘p funksiyali sport-ko‘ngilochar majmuasi va muz saroyi sanaladi. Shaharning markaziy qismida, Chilonzor tumanida, Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan joyda qad rostlagan.
Imkoniyati bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik muz saroyi, MDHdagi Belarus „Minsk-Arena“dan keyingi ikkinchisi. (Full article...) - Image 6
"Aloqabank" — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki. 1994-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtgan. Toshkent shahrida joylashgan. Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri), Xorazm (Urganch shahri) filiallari bor. Respublikada asosan aloqa tarmogʻini qayta qurish va rivojlantirishga oid davlat dasturlarida ishtirok etadi, fan-texnika yutuqlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi, davlat byudjetining kassa ijrosiga doir hisob-kitoblarni moliyalashtiradi, mijozlarga turli bank xizmatlar koʻrsatadi.
Aksiyadorlik kapitali summasi (mln. soʻm, 1997-yil 1-yanvar) 42,3, zaxira kapitali 10,5, berilgan kreditlar 136,9, koʻrilgan yillik foyda 67,8; jami aktivlari 724,1. (Full article...) - Image 7"Binokor" — Toshkentning o‘zbek xokkey klubi, 1971-yil yozda “Spartak” nomi bilan tashkil etilgan va 1971-1988-yillarda xokkey bo‘yicha SSSR birinchi va ikkinchi ligalarida o‘ynagan. 2013-yildan buyon qayta tashkil etilgan O‘zbekiston xokkey ligasi a’zosi. Bu O‘zbekistondagi eng ko‘hna va mashhur xokkey klubi sanaladi. (Full article...)
- Image 8
Oʻzbekiston respublikasi fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi — respublikadagi yirik kutubxonalardan biri. 1933-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgan. 1943-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tarkibiga kirgan. 1964-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kutubxonalari tizimi markazlashtirilib, 24 ta (2005-yilda 27 ta) ilmiy tekshirish institutlarining kutubxonalari birlashtirildi. 1983-yildan maxsus qurilgan binoda. Fondida 3,6 mlndan ortiq asar saqlanadi (2005), shundan 698,2 mingdan ziyod nusxasi chet el nashrlaridir, shuningdek, 70 dan ortiq SD disk maʼlumotlar bazasiga ega. 20 mingdan ortiq kitobxonga xizmat koʻrsatadi.
Kutubxona fondi nodir asarlarga boy: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi birgina Sharqshunoslik instituti kutubxonasida 60 mingga yaqin noyob qoʻlyozmalar bor; fan va texnika sohasidagi nodir qadimiy nashrlar alohida jamlangan [A.P.Fedchenkoning ,,Qoʻqondan. 1871-yildagi Qoʻqon xonligi boʻylab qilingan sayohatlar haqida" (1871); Klavixoning ,,1403—1406-yillarda Klavixoning Amir Temur saroyiga Samarqandga qilgan sayohati kundaligi" (1881); Oʻrta Osiyo tadqiqotchisi B.A.Fedchenkoning kutubxonasi katta qimmatga ega], shuningdek Oʻzbekiston olimlarining dissertatsiya va avtoreferatlari ham toʻplangan. (Full article...) - Image 9
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti – Oʻzbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II- toifasiga ega hisoblanadi. (Full article...) - Image 10
Paxtakor – Oʻzbekistonning yetakchi futbol jamoasi. 1956-yil tashkil etilgan. Paxtakor poytaxt Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi.
36 mavsum (1956—1991) SSSR chempionatining turli ligalarida, shu jumladan Oliy ligada oʻynadi. „Paxtakor“ oliy darajadagi Sovet futbol ligasida oʻynagan yagona oʻzbek klubi boʻlgan va Sovet kubogi finalida ishtirok etgan yagona Markaziy Osiyo klubi edi 1992-yildan muntazam Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi (2018-yildan – Superliga)ning doimiy ishtirokchisi. (Full article...) - Image 11
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilgan. Toʻliq 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan atalgan, 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi va hozirgi paytgacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti nomi bilan atalmoqda. Universitetda va filiallarida 26,350 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. (Full article...) - Image 12
Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti — 2007-yil 5-sentabrda tashkil etilgan oliy oʻquv yurti. (Full article...) - Image 13
Toshkent darvozalari — oʻrta asrlarda shahar mudofaa devoriga oʻrnatilgan darvozalar.
Toshkent darvozalari tarixiy manbalarda Binkat darvozalaridan maʼlum. Ibn Havqalning yozishicha, Binkat ark, shahriston, ichki va tashqi raboddan iborat boʻlib, ularning har biri mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Arkning 2 darvozasi, shahristonning Abbos (Abul Abbos), Kesh (Qasr) va Junayd (Gunbaz) deb atalgan 3 ta darvozasi boʻlgan. Ichki rabodning Raboti Hamdeyn (Xumdon), Ohanin (temir qoplangan), Mir (amir), Farkon (Anhor boʻyi), Surkada, Karmanj, Koʻyi Saxl, Roshidizak, Koʻyi Xoqon, Koʻshki Dehqon deb atalgan 10 ta darvozasi, tashki rabodning esa Fagʻkat (Parkat), Xaskat (Xushkat), Sandijak (Sangdizak), Ohanin, Bakrdizak, Sakrak, Sagʻrbod (Bofaryad) deb atalgan 7 darvozasi bor edi. (Full article...) - Image 14SSSR IIV Toshkent Suvorov harbiy maktabi (ruscha: Ташкентское суворовское военное училище МВД, ТшСВУ) – 1943—1960-yillarda Toshkent shahrida faoliyat yuritgan harbiy taʼlim muassasasi. (Full article...)
- Image 15
Navoiy teatri, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri – Oʻzbekistonning opera va balet sanʼati sohasidagi asosiy teatri. Uning tashkil topishi Muhiddin Qoriyoqubovning Oʻzbek davlat konsertetnografik ansambli bilan bogʻliq. Teatr 1939-yil 11-iyunda tashkil etilgan. (Full article...) - Image 16
Toshkent tramvay tarmogʻi yoki Toshkent tramvayi Toshkent shahridagi hozirda faoliyat koʻrsatmayotgan tramvay tizimi, Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va eng yirigi boʻlgan. 1912-yil 29-dekabr kuni foydalanishga topshirilgan, 2016-yil 2-may kuni faoliyatini toʻxtatgan. (Full article...) - Image 17
Toshkent-Samarqand temir yoʻl lineasi bu Toshkent shahri va Samarqand shahrini bir biri bilan bogʻlovchi tezyurar va zamonaviy temir yoʻl lineasi hisoblanadi. Temir yoʻlning umumiy uzunligi 344 km ga teng va u deyarli yangidan qurilgan. Asossiy qismi Oʻzbekistonning 4 ta viloyati hududidan oʻtadi bular: Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand. (Full article...) - Image 18Toshkent Metropoliteni — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi unitar korxonadir. Avval Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi tarkibida boʻlgan. U Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri boʻlgan metro tizimini boshqaradi.
2023-yil may oyi holatiga koʻra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 67,2 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 48 ta. Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. (Full article...) - Image 19
Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX-asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–1906), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925-26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan.
Abdulla Qodiriyning ulkan merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda. (Full article...) - Image 20
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti – Oʻzbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II- toifasiga ega hisoblanadi. (Full article...) - Image 21
Gʻalaba bogʻi – 2020-yil 9-may kuni, fashizm ustidan qozonilgan ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida barpo etilgan. U oʻz tarkibiga „Shon-sharaf“ davlat muzeyi, „Mangu jasorat“ va „Matonat madhiyasi“ monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni jamlagan. (Full article...) - Image 22Koʻksaroy saroy hozirda Oʻzbekiston Prezidentining rasmiy ish joyi hisoblanadi.U Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanining shimoli-sharqida joylashgan. (Full article...)
Mavzular
Lua xatosi in Modul:Selected_recent_additions at line 69: bad argument #1 to 'gmatch' (string expected, got nil).
Tegishli portallar
Yordam kerak?
Toshkent haqida javob topa olmayotgan savolingiz bormi? Buni Vikipediya ma'lumotlar bazasidan soʻrashni oʻylab koʻring.
Umumiy tasvirlar
- Image 2Oʻzbekistondagi Shota Rustaveli yodgorligi (from Shota Rustaveli koʻchasi (Toshkent))
- Image 3Zilziladan vayron boʻlgan Toshkentni qayta qurishda qatnashganlarga berilgan „Toshkent quruvchisi“ medali (from Toshkent zilzilasi (1966))
- Image 4Oʻrta Osiya Davlat Universiteti bitiruvchilari. (from Oʻzbekiston milliy universiteti)
- Image 5Toshkent va uning atrofi, sun'iy yoʻldosh tasviri Landsat 5, 2010-06-30 (from Toshkent)
- Image 6Toshkent shahridagi bino (from Toshkent)
- Image 7Shota Rustaveli koʻchasida Aleksandr Pushkin haykali(from Shota Rustaveli koʻchasi (Toshkent))
- Image 8Koinot kafesi (from Toshkent teleminorasi)
Quyi toifalar
Assotsiatsiyalangan Wikimedia
-
Vikiombor
Erkin media fayllar ombori -
Vikikitob
Bepul kitoblar va qoʻllanmalar -
Vikimaʼlumotlar
Bepul kitoblar va qoʻllanmalar -
Vikiyangiliklar
Ochiq matnli yangiliklar -
Vikiiqtibos
Iqtiboslar toʻplami -
Vikimanba
Ochiq kutubxona -
Vikiversitet
Ochiq oʻqitish asboblari -
Vikigid
Sayohat haqida maʼlumotlar -
Vikilugʻat
Lugʻat va tezaurus
-
Portallar loyihasi