Radioizotopli termoelektr generatori
From Wikipedia, the free encyclopedia
Radioizotopli termoelektr generatori (RTG) — radioaktiv materialning parchalanishi natijasida chiqarilgan issiqlikni elektr energiyasiga aylantirish uchun foydalanadigan yadro batareyasining bir turi hisoblanadi. Odatda bu turdagi generatorda harakatlanuvchi qismlar boʻlmaydi. Ularga quyosh energiyasi kerak boʻlmagani uchun RTGlar uzoq vaqt davomida ogʻir muhitlar uchun idealdir va ularning harakatlanuvchi qismlari yoʻqligi sababli qismlarning eskirishi yoki notoʻgʻri ishlashi xavfi vujudga kelmaydi.
RTGlar odatda generatorlar uchun juda uzoq vaqt davomida bir necha yuz vatt (yoki undan kam) quvvat talab qiladigan texnik xizmat koʻrsatilmagan vaziyatlarda va quyosh batareyalari boʻlmagan joylarda eng qulay quvvat manbai hisoblanadi. RTGar sunʼiy yoʻldoshlarda, kosmik zondlarda va Sovet Ittifoqi tomonidan Arktik doira ichida qurilgan bir qator mayoqlar kabi ekipajsiz uzoq ob’ektlarda quvvat manbalari sifatida ishlatilgan va hozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda..
RTG dan foydalanish xavfini kamaytirish uchun qurilmaning ishlash muddati tugaganidan keyin uzoq vaqt davomida radioizotoplarni saqlash kerak. RTGlarning narxi qimmat boʻlgani uchun kamdan-kam hollarda yoki maxsus holatlarda ulardan foydalanishni cheklaydi.