Ravshan Ermatov
Oʻzbekistonlik futbolchi va futbol hakami / From Wikipedia, the free encyclopedia
Ravshan Sayfiddin oʻgʻli Ermatov — Oʻzbekistonlik professional futbol hakami. U 2000—2019-yillarda Oʻzbekiston Ligasida va 2003-2019 yillarda xalqaro miqyosda ishlagan. FIFA Jahon Kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargani boʻyicha rekordga ega. 2019-yil iyun oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-Prezidenti etib tayinlandi. Ushbu tashkilotning birinchi vitse-Prezidenti Oʻzbekiston futbolining amaldagi yetakchisidir. U Oʻzbekiston futbolidagi islohotlarni mamlakat futbolidagi uzoq tanqid va korrupsiya mojarolaridan soʻng boshladi. Inauguratsiya paytida u shunday dedi: „agar barchamiz birlashsak va bitta maqsad uchun ishlasak, biz har qanday qiyinchiliklarni yengamiz“.
Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Ravshan Sayfiddin oʻgʻli Ermatov | |
---|---|
Равшан Сайфиддинович Эрматов | |
Tavalludi |
9-avgust 1977-yil (1977-08-09) (46 yosh) |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Yopish