Sanʼat muzeyi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sanʼat muzeyi yoki sanʼat galareyalari sanʼat asarlari kolleksiyalari namoyish qilish uchun yaratilgan binodir. Bunday muzeylar odatda davlat yoki xususiy mulk sifatida ham boʻlishi va hamma uchun ochiq yoki cheklovlar boʻlishi ham mumkin. Sanʼat muzeylarida birinchi navbatda ''Taʼsviriy sanʼat'' bilan bogʻliq materiallar joy olgan boʻlsada, u yerda koʻproq madaniy almashinuvlar va maʼruzalar, ijro sanʼati, sheʼr oʻqish va musiqa konsertlari kabi badiiy tadbirlar uchun joy sifatida ham ishlatiladi. Sanʼat muzeylarida tez-tez va vaqtinchalik koʻrgazmalar boʻlib oʻtadi, ular koʻpincha boshqa kolleksiyalardan olingan narsalarni oʻz ichiga oladi.
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Sanʼat namoyishlariga bagʻishlangan binolarni sanʼat muzeyi yoki sanʼat galereyasi deb atash ham mumkin va bu ikki atama bir-birining oʻrnida ishlatilishi mumkin. Bu butun dunyo boʻylab muzeylar nomlarida oʻz aksini topadi. Ularning baʼzilari galereyalar (masalan, Milliy galereya va Neue Nationalgalerie) boʻlsa, ushbu muzeylarda esa galereya soʻzi muzey soʻziga moslashgan. (jumladan, Metropolitan sanʼat muzeyi, Zamonaviy sanʼat muzeyi va Yaponiya Gʻarbiy sanʼat milliy muzeyi).
„Sanʼat galereyasi“ iborasi sanʼatni sotuvga qoʻyadigan korxonalar uchun ham ishlatilishi mumkin, ammo bular sanʼat muzeylari emas[1].