Sayxunobod tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sayxunobod tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1952-yil Verxnevolinskoye tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1959-yil Sirdaryo va Guliston tumanlari tarkibiga qoʻshilgan. 1970-yil 7-dekabrda Voroshilov tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1984-yildan Sayxunobod nomi bilan yuritiladi. Shimolda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, sharqda Boʻka tumanlari, shimoliy gʻarb va gʻarbda viloyatning Sirdaryo, januba Guliston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,55 ming km². Axoli 61,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sayxun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Istiqlol, Ittifoq, Nurota, Shoʻrazak, Yangihayot, Oʻzbekiston) bor. Tuman markazi — Sayxun shaharchasi.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Sirdaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Sayxun |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
Yopish