Serbiya bayrogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Serbiya milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; serbcha: Državna zastava) — Serbiya Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Bayroq tuzilishi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodan tashkil topgan boʻlib, gorizontal holatdagi bir xil oʻlchamdagi qizil, koʻk va oq kabi uch xil rangdan iborat. Ushbu bayroq 19-asrdan buyon Serbiya davlati va serb millatining bayrogʻi sifatida ishlatilinib kelinmoqda. Bayroqning hozirgi shakli 2004-yilda qabul qilinib, 2010-yilda biroz oʻzgartirilgan[1].
Qisqa faktlar Subyekt, Tasdiqlangan sanasi ...
Serbiya bayrogʻi | |
---|---|
serbcha: Državna zastava | |
Subyekt | Serbiya |
Tasdiqlangan sanasi | 1882 (141 yil avval) (1882) |
Qoʻllanilishi | Milliy bayroq va ramz |
Mutanosibligi | 2:3 |
Dizayni | qizil, koʻk va oq ranglarni aks ettirgan gorizontal trikolor |
Boshqa variatsiyalari | |
Qoʻllanilishi | Fuqarolik bayrogʻi |
Mutanosibligi | 2:3 |
Yopish