Shimoliy Qozogʻiston (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shimoliy qozogʻiston viloyati — Qozogʻistonning shimoliy qismidagi viloyat. 1936-yil 29-iyulda tashkil etilgan. Maydoni 97 993 km2. Aholisi 578,400 kishi (2013), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, tatar, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 13 tumanga boʻlingan, 5 shahar, 4 shaharcha bor. Markazi — Petropavlovsk shahri Muhim shaharlari: Petropavlovsk, Bulayev, Mamlyutka, Sergeyevka.
Qisqa faktlar viloyat, Maʼmuriy markazi ...
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Petropavlovsk | |
Asos solingan sanasi | 1936-yil | |
Akim | Yeskendirov Samat Sapabekovich | |
Aholi (2013) |
578,400[1] (4,2 % , (14-oʻrin) | |
Zichligi | 5,96 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
ruslar 50,43 % qozoqlar 33,30 % ukrainlar 5,00 % olmonlar 3,49 % polyaklar 2,34 % tatarlar 2,18 % beloruslar 1,15 % va boshqalar 2,11 %[2] | |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar | |
Maydoni | 97 993 km² (3,6 %, 14-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 7152 xx-xx-xx[3] | |
Pochta indeksi | 15 xxxx[4] | |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 | |
Rasmiy sayti | http://www.sko.kz/ | |
Xaritada | ||
Yopish