Turkmaniston
Markaziy Osiyodagi davlat / From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) — Markaziy Osiyodagi suveren davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda Qozogʻiston, shimol va sharqda Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston, janubdan Eron, janubi-gʻarbda va gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Ashxobod — mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. Mamlakat aholisi 6 millionni tashkil etadi, bu Oʻrta Osiyo respublikalarining eng pastidir. Turkmaniston Osiyodagi eng kam aholisi boʻlgan davlatlardan biridir. Turkmaniston fuqarolari Turkmanistonliklar deb nomlanadi.
Turkmaniston Respublikasi Türkmenistan Respublikasy
| |
---|---|
Shior: Yo'q | |
Madhiya: "Garaşsyz Bitarap Türkmenistanyň Döwlet Gimni" | |
Poytaxt | Ashxobod |
Rasmiy til(lar) | Turkman |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
• Prezident |
Sardor Berdimuhamedov |
Mustaqillik (Sovet Ittifog`idan) | |
• Sana |
27-oktabr 1991-yil |
Maydon | |
• Butun |
488,100 km2 (52-oʻrin) |
• Suv (%) |
4.9 |
Aholi | |
• 2012-yilgi roʻyxat |
6 million (112-oʻrin) |
• Zichlik | 10,5/km2 |
YIM (XQT) | 2011-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$ 43,359 mil. (94-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$ 7,846 |
Pul birligi | Manat (TMM) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
UTC+5 | |
Qisqartma | TM, TKM |
Telefon prefiksi | 993 |
Internet domeni | .tm |
Turkmaniston asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida boʻlgan. Oʻrta asrlarda Marv islom dunyosining buyuk shaharlaridan biri boʻlgan va Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim toʻxtash joyi, XV asr oʻrtalarigacha Xitoy bilan savdo-sotiq uchun foydalanilgan karvon yoʻli edi. 1881-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan qoʻshib olingan Turkmaniston keyinchalik Oʻrta Osiyoda boshqa davlatlar kabi bolsheviklarga qarshi harakat qildi. 1925-yilda Turkmaniston Sovet Ittifoqining tarkibiy respublikasi, Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkmaniston SSR) ga aylandi; 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi.
Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Mamlakatning katta qismini Qoraqum choʻllari qamrab olgan. 1993-yildan 2017-yilgacha fuqarolar davlat tomonidan elektr energiyasi, suv va tabiiy gazni bepul olishgan.
Suveren Turkmaniston davlatini Prezident S.N 2006-yilda vafotigacha umrbod boshqargan. Uning o'g'li 2007-yilda prezident etib saylangan (u ilgari vitse-prezident, keyin prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan). 2022-yil 12-martda o'tkazilgan saylovlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning o'g'li Sardor berdimuhamedov 72.97 % ovoz olib, prezidentlikka saylandi.