Uğur Şahin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Uğur Şahin (1965-yil 19-sentyabrda Turkiyaning Hatay viloyatida tugʻilgan) – Asl kelib chiqishi turk boʻlgan germaniyalik immunolog, onkolog, akademik, olim va tadbirkor. Maynsda joylashgan BioNTech biotexnologiya kompaniyasi asoschisi va bosh direktori boʻlgan Shahin, shuningdek, Maynsdagi Yoxannes Gutenberg universiteti tibbiyot markazida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Shahin va uning rafiqasi Oʻzlem Tureji 2019-yilda Xitoyning Vuxan shahrida paydo boʻlgan koronavirus epidemiyasining sababi boʻlgan SARS-CoV-2 ga qarshi Pfizer-BioNTech COVID-19 vaktsinasining ishlab chiqilishi haqidagi xabardan soʻng xalqaro ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida boʻldi. Bozor qiymati 87 milliard dollar boʻlgan BioNTech kompaniyasi egasi Ugʻur Shahin, Özlem Tureji bilan birga Germaniyaning eng boy 10 kishisi orasida 8-oʻrinni egalladi. U Pandemiya davrida Bloomberg Business'ning „Dunyoning eng boy 500 kishisi“ roʻyxatida 15,3 milliard dollarlik shaxsiy boyligi bilan 137-oʻringa koʻtarilgan.
Ug'ur Shahin turkcha Uğur Şahin | |
---|---|
Tavalludi |
1965-yil 19-sentyabr İskenderun, Hatay, Turkiya |
Fuqaroligi | Turk-german |
Kasbi | Shifokor |
Ish joylari |
Kyoln Universiteti Saarland Universiteti Zurih Universiteti Kasalhonasi Mainz Universiteti Ganymed İlaç BioNTech |
Ilmiy unvoni | Prof. Dr. |
Mukofotlari | Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni |
Turmush oʻrtogʻi | Özlem Türeci |