Urush davridagi jinsiy zoʻravonlik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Urush davridagi jinsiy zoʻravonlik – qurolli toʻqnashuv, urush va harbiy operatsiyalar paytida jangchilar tomonidan jabrlanuvchilarni zoʻrlash hamda jinsiy zoʻravonlikni amalga oshirish. Urush va qurolli toʻqnashuvlar paytida jabrlanuvchi aholiga jinsiy zoʻravonlikni amalga oshirish psixologik zoʻravonlikning eng yuqori darjasi sifatida qayd etilgan. Urush davrida jinsiy zoʻravonlik qilish genotsitdek ogʻir jinoyatga tenglashitiriladi. 1990-yilda Ruanda boʻyicha Xalqaro tribunal sudda urush davridagi jinsiy zoʻravonlik genotsid sifatida baholanib, ogʻir jazo qoʻllanilgan. Urush davridagi jinsiy zoʻravonlikning aniq qoidasi mavjud emas, chunki zoʻravonlik turli hududlarda turlicha boʻlishi mumkin. Jinsiy tajovuz va jinsiy zoʻravonlik atamalari bir-birini oʻrnida qoʻllaniladi.
Urush va qurolli toʻqnashuvlar paytida zoʻrlash koʻpincha dushmanni tahqirlash uchun psixologik urush vositasi sifatida ishlatiladi. Urush davridagi jinsiy zoʻravonlik turli vaziyatlarda, jumladan, institutsional jinsiy qullik, muayyan janglar yoki qirgʻinlar bilan bogʻliq urush davridagi jinsiy zoʻravonlik, shuningdek, individual yoki alohida jinsiy zoʻravonlik harakatlarida yuzaga kelishi mumkin.
Zoʻrlash guruhni toʻliq yoki qisman yoʻq qilish niyatida sodir etilgan boʻlsa ham genotsid deb tan olinishi mumkin. Genotsid aybdorlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun xalqaro huquqiy hujjatlar 1990-yillarda ishlab chiqilgan va Ruanda uchun xalqaro jinoiy tribunalining Jan-Pol Akayesu ishi keng tarqalgan presedent sifatida qabul qilingan[1]. Biroq bu huquqiy hujjatlar hozirgacha faqat xalqaro nizolarni hal qilish uchun qoʻllanilgan boʻlib, sud jarayonini davom ettirish uchun mojaroning xalqaro mohiyatini isbotlash yuklangan. Jinsiy zoʻravonlik soʻnggi mojarolar davomida ham qoʻllanilgan boʻlib, bunga misol tariqasida IShIDning Yazidiy genotsidi.