Uygʻurlar
Odamlar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Uygʻurlar - xitoy bosqini ostida qolgan turk xalqlaridan,, XXRdagi Sharqiy Turkiston tub joy aholisi, soni 13.5 million. Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Turk tilining Uygʻur lahjasida gaplashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi miloddan avval 3—2-asrlardan maʼlum. U. etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"(Turk)larning "chidi"(qizil di — janubiy turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shimolida mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 yil Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3-asr — mil. 3—4-asrlar)da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-asrlarda U. Jujan(Avar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-asrga qadar Uygʻurlar tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-asrdagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.
Uygʻurlar ئۇيغۇر | ||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy aholi soni | ||||||||||||||||||||||||||
taxminan 13 million | ||||||||||||||||||||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | ||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||
Tillar | ||||||||||||||||||||||||||
Uygʻur tili | ||||||||||||||||||||||||||
Dinlar | ||||||||||||||||||||||||||
Islom | ||||||||||||||||||||||||||
Qarindosh etnik guruhlar | ||||||||||||||||||||||||||
Tojiklar, Oʻzbeklar |
Qadimda Uygʻurlarning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabila urugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. Uygʻurlarning togʻli hududlardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646-yil Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. Uygʻur Oʻrxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari "Uygʻur" deb, 9-asrda Uygʻurlarning Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida "Kuju xonligi" deb nomlangan. 11-asrda uning hududi gʻarbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida "bilod Uygʻur" yoki "Yugʻur"(alMarvaziy) deb qayd etilgan.
Uygʻurlar mamlakati qadimiy madaniyat oʻchoqlaridan hisoblanadi, bu hududda koʻplab qadimiy davlatlar, shaharlar mavjud boʻlgan. Uygʻurlar qadimdan turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-asrlardan boshlab maxsus uygʻur yozuvi ishlata boshlashgan. Qadimiy uygʻur musiqa sanʼati Xitoy musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uygʻur xalqi musiqasining gavhari boʻlgan 12 maqom 16-asrda Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. U. hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zebziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak, paxtadan maxsus dastgohlarda mato toʻqishgan. Mil. boshlarida (3-asr) ular tomonidan ishlab chiqarilgan qogʻoz, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan qogʻoz nusxalarining eng qad.si hisoblanadi.
Uygʻurlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Xitoyning Shinjon uygʻur avtanom rayonining tub xalqi. Shu bilan birga Qozogʻistonda, Qirgʻizistonda, Oʻzbekistonda va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashashadi. Umumiy soni 8,5 million kishi. (2001). Uygʻur- Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Hozirgi XXR, Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Tili — turkiy tilining janub. — sharq guruhiga kiradi. 15 asrlarda Jetisuvga maʼlum miqdori koʻchirilgan Uygʻurlarni taranchi (dehqon)deb atagan.