Vicente Calderón stadioni
Futbol stadioni / From Wikipedia, the free encyclopedia
Vicente Calderón (ispancha: Estadio Vicente Calderón) — 54,907 tomoshabinlar sigʻimiga ega stadion. U 1966-yildan 2017-yilgacha Atletiko Madrid jamoasining uy stadioni boʻlgan. Ushbu stadion Ispaniyaning Madrid shahridagi Arganzuela hududidagi Manzanares daryosi qirgʻogʻida joylashgan.
UEFA | |
Toʻliq nomi | Estadio Vicente Calderón |
---|---|
Oldingi nomlari |
Estadio Manzanares (1966—1971) |
Manzili | Arganzuela, Madrid, Ispaniya |
Koordinatalari | 40°24′6.19″N 3°43′14.18″W G O |
Sigʻimi | 62 000[1] |
Maydon oʻlchami | 105 m × 70 m (115 yd × 77 yd) |
Konstruksiya | |
Buzilgan joy | 3-avgust, 1959-yil (64 yil avval) (1959-08-03) |
Ochilgan | 2-oktyabr, 1966-yil (57 yil avval) (1966-10-02) |
Yangilangan | 1972, 1982 |
Yopilgan | 28-may, 2017-yil (6 yil avval) (2017-05-28) |
Buzilgan | 13-fevral 2019-6-iyul 2020 |
Arxitektor |
Javier Barroso Miguel Ángel García Lomas |
Ijarachilar | |
Atlético Madrid (1966—2017) |
Stadion avvaliga Estadio Manzanares deb nomlangan, keyinchalik esa uni uzoq muddat boshqargan Prezident Vicente Calderón sharafiga nom Vicente Calderón Stadiumga oʻzgartirilgan[2]. Stadion 2017-yil LaLiganing 2016—2017-yilgi mavsumidan soʻng, Atletiko Madridning Metropolitano Stadioniga koʻchishi munosabati bilan yopildi. Buzish ishlari esa 2019-yilda boshlanib, bir yilda yakunlangan.
Visente Calderón stadioni 1966-yilda ochilganda 62,000 insonni oʻz bagʻriga sigʻdirgan. 1982-yilgi Jahon Chempionati sababli esa qoʻshimcha 4000ta oʻrindiq qoʻshilgan va 1982-yildan 2001-yilgacha 66,000 muxlisni sigʻdirgan. 2001-yildan keyin to 2017-yilda yopilguniga qadar, stadionda kichik qisqartirish ishlari boʻlgan va sigʻim 55,000dan kamroqni tashkil qilgan.