Viruslarning ijtimoiy tarixi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Viruslarning ijtimoiy tarixi viruslar va virusli infeksiyalarning insoniyat tarixiga taʼsirini tavsiflaydi. Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari shakllana boshlagan davrda paydo boʻla boshlagan. Bunday hayot tarzi viruslarning tez tarqalishiga va keyinchalik endemik koʻrinish olishiga sabab bo'ldi. Oʻsimliklar va chorva hayvonlarining viruslari ham koʻpaydi. Odamlarning tirik qolish bilan bogʻliq mehnat faoliyati tufayli qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka qaram boʻlib qolishlari kartoshka potiviruslari va qoramol o'lati kabi kasalliklarning halokatli oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻldi.
Chechak va qizamiq viruslari odamlarga yuqadigan eng qadimgi virus turlaridan hisoblanadi. Ular ming yillar oldin Yevropa va Shimoliy Afrikada boshqa jonivorlardan odamlarga yuqqan.Viruslar keyinchalik Ispaniya istilolari davrida yevropaliklar tomonidan Yangi Dunyoga olib kelingan, ammo mahalliy aholi tomonidan tabiiy qarshilik koʻrsatilmaganligi sababli millionlab odamlar epidemiyalar paytida nobud boʻlgan. Gripp pandemiyasi ilk bor 1580-yilda qayd etildi va keyingi asrlarda uning koʻrsatkichlari tobora yuqorilab bordi. 1918-1919-yillardagi pandemiya davrida bir yildan kamroq vaqt ichida 40-50 million kishi halok boʻldi, bu tarixdagi eng halokatli pandemiyalardan biri edi.
Louis Pasteur va Edward Jenner virusli infeksiyalardan himoya qiluvchi vaksinalarni birinchi boʻlib ishlab chiqdilar. 1930-yillarda elektron mikroskopning ixtiro qilinishi va buning natijasida virusologiya fanining jadal rivojlanguniga qadar viruslarning tabiati odamlar uchun nomaʼlum edi. XX asrda koʻplab avvaldan maʼlum va yangi kasalliklar viruslar sababli yuzaga kelganligi aniqlandi. Birgina poliomielit epidemiyalarini 1950-yillarda bu kasallikka qarshi vaksina ishlab chiqilgandan so'ng nazoratga olishga muvaffaq boʻlindi. OIV asrlar davomida paydo boʻlgan eng patogen yangi viruslardan biri bo'lgan.
Odatda, viruslar tufayli koʻplab kasalliklarning yuzaga kelishi olimlar tomonidan oʻrganilsa-da, koʻpchilik viruslar foydalidir. Ular turlararo genlarni tashish orqali evolyutsiyani boshqaradi, ekotizimlarda muhim rol oʻynaydi va hayot uchun zarurdir.