Vračar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vračar — shahar boʻlib, (Serbian Cyrillic, Xorvatcha talaffuzi: v̞rǎt͡ʃaːr boʻlib) koʻplab elchixonalar va muzeylar joylashgan joy sifatida tanilgan Belgrad shahrining boy shahar hududi va munitsipaliteti sanaladi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, munitsipalitetda 56,333 nafar aholi istiqomat qiladi.
Vračar | |
---|---|
Belgrad munitsipalitetning boʻlinmalari | |
44°47′43″N 20°28′4″E G O | |
Aholisi (2011-yil) |
56,363 |
Maydoni bor-yoʻgʻi 291 gektar boʻlib, u Belgrad (va Serbiya) munitsipalitetlari ichida eng kichigi, lekin ayni paytda aholi eng zich joylashgan hisoblanar ekan. Vračar — Savski Venac va Stari Grad bilan birgalikda Belgradning markaziy hududini tashkil etuvchi uchta munitsipalitetdan biri. Bu Belgraddagi eng qimmat koʻchmas mulk narxlaridan biriga ega boʻlgan badavlat munitsipalitet boʻlib, boshqa barcha Serbiya munitsipalitetlariga nisbatan universitetda tahsil olgan aholining eng yuqori ulushiga ega sanaladi[1]. Belgradening eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan Avliyo Sava ibodatxonasi Vračar shahrida joylashgan.