Xalqaro nogironlar kuni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xalqaro nogironlar kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ingliz: International Day of Disabled Persons, arab: اليوم الدولي للأشخاص ذوي الإعاقة, isp: Día Internacional de las Personas con Discapacidad, xit: 世界残疾人日, fr: Journée internationale des personnes handicapées) – har yili 3-dekabrda nishonlanib kelinadi. BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 47-sessiyasida (A/RES/47/3 rezolyutsiyasi) tashkil etilgan. Bosh Assambleya barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni nishonlashda hamkorlik qilishga chaqiradi.
Keyinchalik, xuddi shu sessiyada (A/RES/47/88-sonli rezolyutsiyada) Bosh Assambleya BMTga a’zo davlatlarda nogironlarni jamiyatga integratsiya qilish maqsadida Xalqaro nogironlar kunini nishonlash tadbirlarini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.