Yoʻl belgilari
yoʻl foydalanuvchilariga qoidalar va xatarlar haqida maʼlumot beruvchi peshlavhalar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Yoʻl belgilari — haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va boshqa transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham takomillashib bordi. Yoʻl belgilaridagi grafiklar, texnik tafsilotlar 1968-yilda Venada oʻtkazilgan „Yoʻl belgilari va signallari haqidagi konvensiya“ hamda bu konvensiyani toʻldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasida 2001-yilda xalqaro meʼyorlar asosida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi „Yoʻl harakati qoidalari“ ishlab chiqildi. Bu qoidalarga Y.b.ning quyidagi asosiy 4 ta guruhi:
- ogohlantiruvchi
- imtiyoz
- taqiqlovchi
- buyuruvchi
va undan tashqari axborot-ishora, servis, qoʻshimcha axborot belgilari kiritilgan.