2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati E Guruhi
From Wikipedia, the free encyclopedia
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati sakkizinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo futbol assotsiatsiyalar vakillari boʻlgan 24 nafar ayollar jamoasi ishtirokidagi har toʻrt-yilda bir oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionati boʻldi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2019-yilning 7-iyunidan 7-iyuliga qadar boʻlib oʻtdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy futbol jamoasi 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatidagi gʻalabadan soʻng amaldagi chempion sifatida ushbu yilgi turnirda ishtirok etdi va 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Niderlandiya ayollar milliy futbol jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinlari butun dunyo boʻylab translyatsiya qilingan va umumiy hisobda 1,12 milliard kishilik bevosita va onlayn tarzda oʻyinlarni tomosha qilgan auditoriyani oʻziga jalb qilgan.
2019-yilning 10-20-iyun kunlari FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining „ E“ guruhi oʻyinlari boʻlib oʻtdi[1]. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati E Guruhi tarkibiga Kamerun, Kanada, Niderlandiya va Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoalari kirardi[2]. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati D guruhidan eng yaxshi natijani koʻrsatgan ikki jamoa (Niderlandiya va Kanada) hamda uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrasidan eng yaxshi natija koʻrsatgan toʻrtda jamoa orasiga qoʻshila olsa, uchinchi oʻrinni olgan jamoa ham (Kamerun) 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega boʻlardi[3][4].