Al-Azhar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Al-Azhar (al-Jomi al-Azharning qisqa nomi) – Qohiradagi jome masjid, universitet, oʻrta va oʻrta maxsus bilim yurtlarini oʻz ichiga olgan yirik rasmiy diniy muassasa. Masjid 970—972-yillari fotimiy xalifa al-Muizz amriga binoan Qohira shahri bilan barobar qurilgan. Uning tarkibidagi Madrasa (996-yil) 11-asrdan boshlab Qur’on, hadis, fiqh, til hamda balogʻat fanlari oʻqitiladigan universitetga aylandi. 14—15-asrlarda unga yana bir necha yangi qurilgan madrasalar qoʻshildi. 18-asrda Al-Azhar eng moʻtabar umum-musulmon fan va taʼlim maskani sifatida shuhrat qozondi. 19-asr boshida Al-Azhar ulamolari Napoleon Bonapart istilosiga qarshi xalq harakatiga boshchilik qildilar. 19-asr oxiri – 20-asrboshida Al-Azhar Abdu Muhammad boshliq islohot taraf-dorlari bilan konservatorlar oʻrtasidagi kurash maydoniga aylandi. 1961-yil „al-Azharni rivojlantirish haqida“ qonun qabul qilingach, vazirlik maqomi berilgan. Al-Azhar diniy muassasasiga rahbar – Shayxul Azharni Misr Prezidenti tayinlaydigan boʻldi. Ushbu konunga koʻra Al-Azhar untida qator dunyoviy fakultetlar, jumladan, idora ishlari va savdo, politexnika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, pedagogika va xotin-qizlar fakultetlari ochildi. Az-Azhar huzurida 50 yirik ulamodan tashkil topgan (shulardan 30 nafari misrlik va 20 nafari xorijiy ulamolar) islom tadqiqotlari Akademiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Al-Azhar kutubxonasida 20 mingdan ziyod qoʻlyozmalar jamgʻarmasi mavjud. „Majallat al-Azhar“ jurnalini nashr etadi. Al-Azhar universitetining fakultetlariga shu muassasa tarkibiga kiruvchi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus bilim yurtlarini muvaffaqiyatli tugatgan tolibi ilmlar qabul qilinadi. Oʻrta taʼlim yurti (maohid i’dodiya)da oʻqish muddati – 4-yil, maxsus taʼlim (maohid sonaviya)da esa – 5-yil Al-Azhar universitetining turli bosqichlarida 108,5 mingdan ortiqtalaba tahsil oladi. Taniqli ulamolar Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon va Shamsiddinxon Boboxonovlar, Abdugʻani Abdullayev, Yusufxon Shokirov, qoraqalpogʻistonlik diniy arbob Rahmatulla Idrisov, arabshunos olim Shoikrom Shoislomov Al-Azharda tahsil olganlar[3]