Aleksandra Stepanova
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aleksandra Nikolayevna Stepanova (ruscha: Александра Николаевна Степанова; 1995-yil 19-avgustda tugʻilgan) — muz ustida konkida uchish boʻyicha muosbaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish bo‘yicha sherigi Ivan Bukin bilan birga to‘rt karra Yevropa chempionatining medal sovrindori (2019-yilda kumush, 2015-yil, 2018-yil va 2020 -yilgi bronza), 2018-yilgi Xelsinki Gran-pri musobaqasining chempioni, 2018 Rostelecom Cup turniri chempioni va ikki karra Rossiya chempionidir[1].
Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumotlari, Davlat ...
Aleksandra Stepanova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Rossiya |
Sherigi | Ivan Bukin' |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 86.45 |
Erkin dastur | 127.64 |
Yopish
Faoliyatining boshida Stepanova / Bukin 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2012 — 2013 yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining finalida va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya Chempionatida gʻolib chiqqan.